Matbuot sharhlari 21.12.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1750501
Matbuot sharhlari 21.12.2021

Haber Türk gazetasi: Afrika bilan savdo hajmini 75 milliard dollarga chiqarish rejalashtirilmoqda. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Turkiyaning Afrika bilan savdo hajmini 5.4 milliard dollardan 30 milliard dollarga chiqargani, endilikda bu raqamni 50 milliard dollar ortidan 75 milliard dollarga yetqazish rejalashtirilayotganini bildirdi. Erdoʻgʻan, “Oʻz tarixida mustamlakachilikka qoʻl urmagan millat sifatida (Afrika qit’asi bilan) yutuqqa erishish siyosati va teng sheriklik asosisda hamkorligimizni yana-da mustahkamlashga harakat qilmoqdamiz”.-dedi.   

Hürriyet gazetasi: Nureddin Nebati: Gʻalaba qozongan Turkiya boʻladi. Gʻaznachilik va moliya vaziri Nureddin Nebati Twitter orqali bergan bayonotida, “Hurmatli Prezidentimiz bayon etgan (Turk lirasi kuchini oshirish) ajoyib iqtisodiy manifest orqali kechagidan yana-da qarorli ravishda yoʻlimizni davom ettirmoqdamiz. Hech kim hijolat boʻlmasin”.-dedi. Nebati shuningdek: “Investitsiya, ishlab chiqarish, ish bilan ta’minlash va ekspor asosidagi Yangi Turkiya Modeli yordamida gʻalabaga erishgan tomon Turkiya iqtisodiyoti boʻladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.  

Sabah gazetasi: Armaniston bilan havo qatnovlari yoʻlga qoʻyilmoqda. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Turkiyaning mintaqa barqarorligi uchun ishonch orttiruvchi qadamlar tashlaganini ta’kidlagan holda, Turkiya bilan Armaniston oʻrtasida havo qatnovlari boshlashini ma’lum qildi. Chavushoʻgʻlu, (Armaniston bilan) toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar boshlatish maqsadida bir-birimiz yurtiga maxsus vakillar tayin qildik. Ular eng qisqa vaqtda uchrashadi. Ba’zi shirkatlar havo qatnovlarini kelasi hafta boshlaydi”.-dedi. Chavoshoʻgʻlu, Turkiyaning Armaniston masalasida tashlagan qadamlarini Ozarbayjon bilan maslahatlashgan holda ishga oshirayotganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.  

Star gazetasi: Turkiya BMXKga hashtag va Twitter posti ustidan e’tiroz bildirdi. Turkiyaning Birlashgan Millatlar tashkiloti doimiy vakili Feridun Sinirlioʻgʻlu, BMT Xavfsizlik kengashiga e’tiroz bildirdi. Sinirlioʻgʻlu bu borada: “Hashtag yaxshi lekin bir panoh boʻluvchi uy yana-da yaxshiroqdir. Tarix bu kengashni hashtag avlodi sifatida tanishidan qorqaman. Har oy bu kengashga kelib gapiryapmiz. Keyin esa Twitterda bir post boʻlishib qaytyapmiz. Keyingi oylarda yana huddi shu ishlarni takrorlayapmiz”.-dedi. BMXKning Suriya xalqining oxirgi imkoni ekanini yodga solgan Sinirlioʻgʻlu: “Qoʻlimizdan kelgani shu xalosmi? Yangi yil qarorlarimizni Twitterda boʻlishish oʻrniga balki Suriya xalqini qutqarish uchun haqiqatdan ham nimadir qila olamiz”.-degan soʻzlar bilan BMXKga e’tiroz bildirdi.  

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya Afrika va Osiyoda 18 million insonni suv bilan ta’minladi. Turkiya nodavlat tashkilotlar va davlat muassasalari yordamida Osiyo va Afrika qit’asida joylashgan 22 davlatga 34 mingdan ortiq suv qudugʻi ochib berdi. Bu orqali yuqorida nomi tilga olingan ikki qitʻada 18 milliondan ortiq inson toza suvga erishdi. Har yili vabo, dizenteriya, tif va diareyadan 485 ming oʻlim holati qayd etilayotgan ushbu geografiyalarda tarmoq liniyalari, tozalash inshootlari va kilometrlab suv quvurlari ham ishga tushirildi.

 



Aloqador xabarlar