Matbuot sharhlari 07.12.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1744224
Matbuot sharhlari 07.12.2021

Haber Türk gazetasi: Turkiya pandemiyaga qaramay oʻsish sur’atini qayd etmoqda. Vitse-prezident Fuat Oʻktay oʻsish nisbatlaridan eksportda qayt etilgan rekordlarga, sanoat ishlab chiqarishdagi ortishdan ishchi kuchi ishtirokiga qadar bir necha koʻrsatkichning, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qaramay Turkiyaning yoʻlini kuchli ravishda davom etganini oʻrtaga qoʻyganini bildirdi. Oʻktay, yangi investitsiyalarni uzlukiz davom ettirganliklarini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Hürriyet gazetasi: Turk davlatlari tashkiloti Afrikaga yordam sifatida vaksına yubordi. Ozarbayjon, Oʻzbekiston va Vengriya tomonidan muruvvat yordami sifatida ajratilgan yangi turdagi koronavirus (Covid-19) vaksinalari Turkiyaga olib kelindi. Ular Turkiya tomonidan ajratilgan vaksınalar bilan birga harbiy yuk tashuvchi uchoq orqali Afrikaning ikki davlatiga yuborildi. Burkina-Fasoga 400 ming Sinovac, Togoga 211 ming 200 doza Sinopharm vaksinasi topshirildi.

Yeni Şafak gazetasi: TOGG Las Vegasda CES 2022 tadbirida ishtirok etadi. Turkiyaning avtomobil korxonasi TOGG, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mamlakatning birinchi mahalliy va milliy elektrli avtomobili TOGGning Amerika Qoʻshma Shtatlarining Las Vegas shahrida oʻtkaziluvchi CES 2022 tadbirida ishtirok etishini ma’lum qildi. Mahalliy avtomobil 2022-yilning 5-8 yanvari kunlari Las Vegasdagi koʻrgazmada oʻrin oladi.

Sabah gazetasi: Turkiyadan oʻtgan Oʻrta koridorga talab katta. Pandemiya davrida yetkazib berish zanjiridagi nomutanosiblik tufayli yuk tashish narxi oshdi, konteynerlar topilmadi. Gʻarbiy-sharq yoʻnalishdagi savdoda muqobil yoʻnalishlar izlanar ekan, bir tomondan temir yoʻlga talab orta boshladi. Xitoydan Yevropagacha cho‘zilgan “Bir makon-bir yoʻl” loyihasining shimoliy koridori to‘lib-toshdi. Shu bois ham jadal rivojlanayotgan va Turkiyadan o‘tayotgan O‘rta koridorga talab orta boshladi. Ushbu loyihaga kiritiladigan sarmoyalarning jami 8 trillion dollarga yetishi kutilmoqda.

Star gazetasi: Serbiyaning yurttoshlariga undovi: “Mutlaqo Turkiyaga boring”. Serbiya Turizm vaziri o‘rinbosari Dunya Chenich, Turkiyaga sayohat qilishlarini tafsiya qildi. Chenich, “Turkiyada faqatgina ikki kun bo‘ldim. Shunga qaramay turk xalqining qanchalik mehmondo‘st ekanini ko‘rdim va bu meni judayam xursand qildi. Serbiya fuqarolarini mutlaqo Turkiyaga sayohat qilishlarini tafsiya qilaman”.-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar