Matbuot sharhlari 03.12.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1742610
Matbuot sharhlari 03.12.2021

Hürriyet gazetasi: Oliy muzokara kengashi yig‘ilishida iqlim bo‘yicha tuzilgan Parij kelishuvi muhokama qilindi. Prezidentlik apparati Oliy muzokara kengashi yig‘ilishi kecha Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rahbarligida bo‘lib o‘tdi. Poytaxt Anqarada joylashgan Prezidentlik kulliyasidagi yig‘ilishda, Turkiyaning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi majlisda tasdiqlanib, jarayonga ilova etilganidan keyingi vaziyatlar qo‘lga olindi.  

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an Milliy dengiz to‘pini sinovdan o‘tkazish marosimida muhim bayonot berdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Dengiz to‘pini quruqlikdan otish dasturiga yuborgan videomurojaatida, Turkiya ishlab chiqargan milliy dengiz to‘pi orqali bundan buyon bu qurol tizimini ishlab chiqargan dunyoning kamdan-kam davlatlaridan biriga aylanganini qayd etdi.

Vatan gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu: "Qrimning noqonuniy yo‘llar orqali anneksiya qilinishini tan olmaymiz”.-dedi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha Shvetsiya poytaxti Stokholmda uyushtirilgan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining navbatdagi kengash yig‘ilishida, Qrimning noqonuniy ravishda anneksiya qilinishini tan olmasliklarini ta’kidlagan holda, Janubiy Kavkazda doimiy tinchlik uchun bir imkon borligini qayd etdi.

Haber Türk gazetasi: Noyabr oyida eksport, rekord darajaga chiqdi. Savdo vaziri Mehmet Mush kecha bergan bayonotida: “Eksportimiz noyabr oyida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 33.44 foizlik ortish bilan 21.5 milliard dollarga yetdi. Bu raqam, eng yuqori oylik eksportimizdir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Star gazetasi: 25 yil ortidan ilk. Turkiya bilan Liviya o‘rtasida yo‘lovchi kema qatnovlari 25 yil ortidan takror boshladi. Qatnovlar yuk va transportlar tashishi ham mumkin va bir haftada bir marotaba yo‘lga qo‘yiladi.   

 



Aloqador xabarlar