Matbuot sharhlari 19.11.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1736072
Matbuot sharhlari 19.11.2021

Haber Türk gazetasi: Bolgariyaning Anqaradagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bolgariyaning Anqaradagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, bolgariyalik saylovchilarga Turkiyaning rasmiy organlari tomonidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatilgani va ularning ichki ishlariga aralashganligi haqidagi iddiolar rad etildi. Bolgariyaning Anqaradagi elchisi Anguel Xristov Tcholakovga, Turkiyaning Bolgariya saylovlari doirasida Turkiyada ovoz berishlari uchun har qanday hamkorlik asosida qulaylik yaratilgani qayd etildi.

Hürriyet gazetasi: Mudofaa sanoatida toʻlaqonli erkinlik ta’kidlandi. Prezidentlik apparati Mudofaa Sanoati rahbari Ismail Demir, “Bugungi kunda Turkiya (mudofaa sanoati masalasida) global ta’minotchilar yaratgan barcha qiyinchiliklarga, yoʻlga qoʻygan yashirin va ochiq embargolarga qaramay, milliy manfaatlarini himoya qilish uchun kerakli harakatlarni hech kimga muhtoj boʻlmay amalga oshira oladigan vaziyatda va bu borada oʻzini isbotladi”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Dunyoning eng yaxshi burgʻulash kemasiga, “Alparslon” nomi beriladi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan tomonidan e’lon qilingan 4-burgʻulash kemasi 2022-yilning birinchi choragida inventarizatsiyaga kiradi. Eng zamonaviy kemaga “Alparslon” nomi berilishi kutilmoqda. Yettinchi avlod kema, 12 ming 200 metrgacha burgʻulash imkoniyatiga ega. Ekipaji 200 kishidan iborat bo‘lgan kema, 7.3 metr balandlikdagi to‘lqinda ham barqaror tura oladi.

Star gazetasi: Turkiyaga 100 million dollardan oshgan investitsiya. Trakiyadagi tabiiy gaz faoliyatlarida bugungacha 100 million dollardan ortiq investitsiya kiritgan kanadalik energiya shirkati Valeura, Turkiyadagi investitsiyalari borasida har doim hayajonlanganliklarini ta’kidladi. Valeuraning katta menejeri Sean Guest, Trakiya havzasida sezilarli miqdorda tabiiy gaz borligidan ishonchi komil ekanini bildirdi.

Sabah gazetasi: Turkiya uchinchi chorakda o‘sishni davom etmoqda. Mutaxassislar, so‘nggi sanoat ishlab chiqarish ma’lumotlari asosida Turkiyaning investitsiyada ketma-ket rekord o‘rnatishlari, tovarlar ishlab chiqarib, xizmatlar yaratish jabhasidan kelgan kuchli ishoralarga bogʻliq olaroq, Turkiyaning 2021-yilning uchinchi choragida 70 foizlik ehtimol bilan 7.84 foiz kabi oʻsish qayd etganini bildirmoqda.

 



Aloqador xabarlar