Matbuot sharhlari 16.11.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1734597
Matbuot sharhlari 16.11.2021

Hürriyet gazetasi: Chelik Makronga e’tiroz bildirdi. Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, kecha partiyasining Markaziy qaror va boshqaruv kengashi yig‘ilishi ortidan Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tgan Liviya yig‘ilishi haqida: “Liviyada tinchlik Liviya xalqi tomonidan o‘rnatilishi kerak. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Turkiyaning o‘z askarlarini olib ketishi talabi janjaldir. Turkiya o‘quv-ta’limi uchun u yerda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Hulusi Akar Mo‘g‘uliston Mudofaa vaziri Sayhanbayar Gursed bilan uchrashdi. Mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiya-Mo‘g‘uliston Qo‘shma iqtisodiy komissiyasi yig‘ilishi munosabati bilan Turkiyaga kelgan Sayhanbayar Gursed bilan uchrashdi. Ikkala vazir o‘zaro uchrashuv ortidan hay’atlararo uchrashuvga raislik qildi. Ortidan ikkala mamlakat o‘rtasida harbiy tarix, arxivlar, muzeylar va nashriyot sohalarida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Star gazetasi: O‘ktay: “Lider bo‘lish uhcun mehnat qilyapmiz”. Vitse-prezident Fuat O‘ktay asos solinishining 38-yilligi munosabati bilan ShKTRga tashrif uyushtirdi. Ushbu tashrifi chog‘ida tarixiy yopiq bozorda ochilgan “100 ob’yektda Turk-islom ilm-fan tarixi” deb nomlangan ko‘rgazmada ishtirok etdi. O‘ktay ko‘rgazma ochilishida so‘zlagan nutqida: “O‘tmishda qanday qilib ilm-fan va taraqqiyot uchun yetakchilik qilgan bo‘lsak bugungi kunda ham ilg‘or texnologiyalar bilan lider davlat bo‘lish uchun mehnat qilyapmiz”.-dedi.  

Vatan gazetasi: THY bir kunda yo‘lga qo‘ygan 1007 safari orqali Yevropada ikkinchi o‘rinni egalladi. Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkilotining (EUROCONTROL), 8-noyabrdan 14-noyabrgacha qayd etgan havo qatnovi ma’lumotiga ko‘ra THY, nomi tilga olingan kunlarda kundalik 1007 safari orqali, Yevropada eng ko‘p qatnov yo‘lga qo‘ygan ikkinchi havo yo‘li shirkati bo‘ldi.

Yeni Şafak gazetasi: Trekking paytida 40 million yillik toshga aylangan narsalar topildi. Turkiyaning Adiyaman viloyatida 40 million yillik ekani aniqlangan 4 ta toshga aylangan narsa topildi. Bo‘lukyayla qishlog‘ida yashagan 21 yoshidagi Guljan O‘zturk oilasi bilan birga trekking paytida turli toshlar topdi. O‘zturk toshlarni Adiyaman muzey yetakchiligiga topshirdi. Muzey yetakchligi xodimlari, ilk tekshiruvlar paytidayoq ularning 40 million yillik Eotsen davridagi numilit guruhiga oid bir hujayrali dengiz jonivori ekanini aniqladi. Toshga aylangan narsalar muhofaza ostiga olindi.  

 



Aloqador xabarlar