Matbuot sharhlari 15.11.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1734058
Matbuot sharhlari 15.11.2021

Star gazetasida Erdo‘g‘anning 18-mart ko‘prigini “Dunyoda birinchi o‘rinda”.-deb baholagan so‘zlari sarlavha deb tanlab olingan. Ushbu xabarga ko‘ra Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatidagi Troya muzeyida bo‘lib o‘tgan “Ezineli Yahyo Chavush” nomidagi hujjatli film galasida yoshlar bilan uchrashgan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 1915 Chanoqqal’a ko‘prigi haqida, ko‘prikning bir tomoni Osiyo, ikkinchi tomoni esa Yevropa ekanini, ikki qit’ani bir-biriga bog‘laganini belgilab o‘tgan holda, “18-mart ko‘prigi dunyoda birinchi o‘rinda”.-degan ifodalarga o‘rin bergan.

Vatan gazetasi Tashqi ishlar vazirligining, “Ahiska turklariga kerakli yordamni berishni davom etamiz.-degan sozlarini sarlavha deb tanlab olgan. Ushbu xabarga ko‘ra Tashqi ishlar vazirligi Ahiska turklarining ona vatanlari, Ahiskadan badarg‘a qilinishining 77-yilligi munosabati bilan, “Bugungacha bo‘lganidek bundan keyin ham Ahiska turklarining ona vatanlariga qaytish jarayonini yaqindan kuzatishni va qavmdoshlarimizga kerakli yordamni berishni davom etamiz”.-deya gapirgan.

Yeni Şafak gazetasi: “Karaismailo‘g‘lu mo‘jiza xabarni berdi”.-degan sarlavha bilan ma’lumot tarqatdi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu: “Dizayn tezligi bir soatda 176 kilometr, xizmat tezligi esa 160 kilometr bo‘ladigan ravishda ilk milliy va mahalliy elektr poyezdini ishlab chiqarish bo‘yicha kerakli faoliyatlar tamomlandi. Poyezdlarimiz eng qisqa vaqtda yurttoshlarimiz xizmatida bo‘ladi”.-degan ifodalarga o‘rin bergan.

Hürriyet gazetasi: “Yevropaning eng chidamli aeroportimiz”.-degan sarlavha bilan xabar tarqatdi. Unga ko‘ra Istanbul aeroporti operatori IGAning Ijroiya kengashi rahbari va Bosh direktori Kadri Samsunlu, “Istanbul aeroporti sifatida Yevropaning eng chidamli aeroportimiz. 2020-yili birinchi o‘rinda edik, 2021-yili ham birinchi bo‘lamiz”.-degan.  

Sabah gazetasi: “Dunyo kubogi xavfsizligi Turk politsiyasiga omonat.-degan sarlavha bilan chiqish qildi bugun. Unda, “Dunyoning eng yirik tashkilotlari qatorida o‘rin olgan va 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabrigacha Qatarda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon Futbol chempionati xavfsizligi Turk politsiyasiga omonat”.-deyildi.

 



Aloqador xabarlar