Matbuot sharhlari 28.10.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1726255
Matbuot sharhlari 28.10.2021

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an: “FETOga qarshi kurashda Chadning yordamini unutmaymiz”. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha poytaxt Anqarada Chad o‘tish davri harbiy kengashi rahbari Muhammad Idris Debi Itno bilan o‘tkazgan uchrashuv ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida: “Chad bilan tijoriy munosabatlarimizni chuqurlashtirish niyatidamiz. Maqsadimiz savdo hajmini 200 million dollarga chiqarishdir”.-dedi. Erdo‘g‘an shuningdek: “FETOga qarshi kurashda Chadning yordaminiunutmaymiz.”-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Hürriyet gazetasi: Turkiya bilan AQSh o‘rtasidagi nozik uchrashuv. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin kecha Amerika Qo‘shma Shtatlarining Milliy Xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan telefon orqali muloqat qildi. Unda o‘zaro munosabatlar, F-35/ F-16 masalasi, global iqlim o‘zgarishi, Afg‘oniston, Suriya, Liviya, Yuqori Qorabog‘, Gretsiya, Sharqiy O‘rta yer dengizi va boshqa mintaqaviy masalalar qo‘lga olindi.

Vatan gazetasi: Bayraktar TB2 Qurolli uchuvchisiz havo transporti haqida yangilik. Baykar, Bayraktar TB2ning yangi bir davlatga eksport qilinishini ma’lum qildi. Shirkatning rasmiy Twitter hisobida mavzu haqida berilgan bayonotda, eksport yo‘lga qo‘yiladigan yangi davlatning nomi hali hanuz oshkor qilinmas ekan, “Bu mamlakatga Bayraktar TB2 Qurolli uchuvchisiz havo transporti eksport qilish haqidagi kelishuvga qo‘l qo‘ydik. Ushbu shartnoma orqali Bayraktar TB2 eksport qilingan davlat soni 13 ga yetdi”.-deyildi.

Yeni Shafak gazetasi: Istanbul aeroporti “Yevropaning eng yaxshisi” deb tanlandi. Istanbul aeroporti Xalqaro aeroport kengashi tomonidan uyushtirilgan “17th ACI Europe Awards” doirasida “Yevropaning eng yaxshi aeroporti” va “Hammabop aeroport” mukofatiga sazovor bo‘ldi.

Star gazetasi: Yevropadan Turkiyaga talab yog‘moqda. Turkiyadan bu yilning 10 oylik davrida dunyoning 83 davlatiga 125 million dollarlik gul eksport qilindi. Eng ko‘p eksport yo‘lga qo‘yilgan davlatlar esa Niderlandiya, Britaniya, Germaniya, O‘zbekiston, Ruminiya va Bolgariya bo‘ldi.

 



Aloqador xabarlar