Matbuot sharhlari 26.10.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1725295
Matbuot sharhlari 26.10.2021

Sabah gazetasi: Erdoʻgʻan: Mustamlakachilarni bezovta qilishni davom etamiz. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Afrikaga boʻlgan 4 kunlik tashrifini baholar ekan unda Afrikaning ahamiyati XXI asrda yana-da ortisihini qayd etdi. Afrikada har tarmoqda mustamlakachilar izi kuzatilgani lekin afrikaliklarning Turkiyani alohida oʻringa qoʻyganini qayd etgan Erdoʻgʻan, “Afrikani bozor emas sherik sifatida qabul qilgan yondashuv bilan hamkorlik koʻpriklari inshoo etmoqdamiz. Mustamlakachilarni bezovta qilishni davom etamiz”.-dedi.  

Haber Türk gazetasi: Turkiya munosabati elchilarni ortga qadam tashlatdi. Prezident Erdoʻgʻan 10 elchining Oʻsman Kavalaning ozod etilishini talab qilishi ortidan ularning yurtdan chiqarilishi haqida buyruq berganini ma’lum qilgandi. Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) va boshqa ba’zi davlatlarning Anqaradagi elchixonalari, diplomatlar qabul qiluvchi davlatning qonunlari va qoidalarida nazarda tutilgan har qanday talablarga rioya qilishlari shartligini nazarda tutgan Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasining 41-moddasiga amal qilinganini ma’lum qilgan holda ortga tisarildi.

Hürriyet gazetasi: Erdoʻgʻan: Chet ellik elchilarning yana-da e’tiborli boʻlishiga ishonchimiz komil. Prezident Erdoʻgʻan 10 elchining Oʻsman Kavala haqidagi talabidan voz kechishlari masalasini baholar ekan, “Maqsadimiz inqiroz yaratish emas. Turkiyaning sharafi, gʻururi va qadrini himoya qilishdir. Elchixonalar bergan bayonotlari orqali xatolaridan qaytdi. Ularning bundan buyon yana-da diqqatli boʻlishiga ishonchim komil”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.  

Vatan gazetasi: Oʻmer Chelik: Davlatimizning mustaqillik haqlari muzokara masalasi emasdir. Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi Oʻmer Chelik Oʻsman Kavalaning ozod etilishini talab qilgan elchilarning nomi tilga olingan talabidan voz kechishi ortidan: “Yurtimizning ichki ishlari va mustaqillik haqlariga aralashish degan ma’noni anglatuvchi har qanday bayonni keskin rad etdik va rad etamiz”.-dedi. Chelik: “Prezidentimiz yurtboshimiz sifatida bunga nisbatan aniq munosabat bildirdi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Turk Uchuvchisiz havo transportlaridan PKK ishgʻolidagi mintaqalarda tigʻiz faoliyat. AQSh va Rossiya tomonidan boshatilishi haqida va’dalar berilgan lekin PKK terror tashkiloti ishgʻoli davom etgan Suriya shimolidagi mintaqalardan yoʻlga qoʻyilgan hujumlar ortidan, Prezident Erdoʻgʻanning amaliyot uyushtirilishi mumkinligi haqidagi bayonoti bilan bir qatorda havoda harakatlilik kuzatilmoqda. Turk Uchuvchisiz havo transportlari Firot daryosi sharqida PKK nazoratidagi Kamishli va Ayn al-Arab ustida tigʻiz uchish amalga oshirilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar