Matbuot sharhlari 18.10.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1721158
Matbuot sharhlari 18.10.2021

Star gazetasi: Turkiyaning F-35 uchoqlari uchun toʻlagan puli evaziga AQSh tomonidan yangi taklif. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Angola poytaxti Luandaga yoʻlga chiqishdan oldin bergan bayonotida, Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan F-16 uchoqlari ustidan yuz bergan voqea haqida, “Yangi F-16 uchoqlari olish orqali flotimizni kengaytirishni xohlaymiz. AQSh F-35 uchoqlari uchun toʻlagan pulimiz evaziga shunday taklif bilan chiqdi”.-dedi.   

Yeni Şafak gazetasi: Turkiyada 65 yoshdan kattalar uchun alohida tez yordam xizmati tashkil etiladi.Bunday xizmat dunyoning boshqa davlatida yoʻq. Tez yordam tibbiy xizmati mutahassislari jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan va Yevropa ittifoqining tasdiqini olgan loyiha doirasida Turkiyada 65 yoshdan katta fuqarolar uchun tez yordam xizmati tashkil etiladi. Yuqorida nomi tilga olingan jamgʻarma rahbari professor doktor Bashar Jandar: “Dunyoda bunday tizim yoʻq. Turkiyada birinchi namunasini yoʻlga qoʻymoqdamiz”.-deya gapirdi.  

Hürriyet gazetasi: “Yevropadagi haydovchilar ehtiyojini qoplashimiz mumkin”. Turkiya va Xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari jamgʻarmasi rahbari Sedat Kaplan, “Yevropadagi haydovchilar ejtiyojini qoplash imkoniga egamiz. Chunki yurtimizda bugungi kunda nomi tilga olingan sohada yetarli kuch mavjud”.-dedi. Kaplan, xavfsiz va oʻz ishining ustasi boʻlgan turk haydovchilari bilan ushbu talabni qoplash tarafdori ekanliklarini qayd etdi.

Haber Türk gazetasi: 9 oyda 2 milliard 15 million dollarlik yangi meva va sabzavot eksport qilindi. Turkiyaning bu yilning 9 oyidagi 2 milliard 15 million dollarlik yangi meva va sabzavot eksportining 31 foizi Rosiyaga yoʻlga qoʻyildi va undan 442 ming dollar daromad olindi.  

Sabah gazetasi: THY xodimlari quyosh kremi orqali insonlar hayotini qutqarmoqda. Turk Havo yoʻllari kabina xodimlari bilan uchuvchilari oʻrtasida tashkil etilgan “Yaxshilik doʻstlari” guruhi Senegal poytaxti Dakarda quyoshdan yashiringan albinizm kasalligiga chalingan bolalar dardiga, quyosh kremlari orqali darmon boʻlmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar