Matbuot sharhlari 11.10.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1717786
Matbuot sharhlari 11.10.2021

Vatan gazetasi: Yashil rivojlanish yo‘ilini boshlatdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,  “Parij iqlim kelishuvi”ni tasdiqlaganlarini yodga solgan holda “Yashil” rivojlanish yo‘ilini boshlatganliklarini bildirdi. “Har qanday mavzuda bo‘lganidek yashil rivojlanish yo‘lida ham eng ko‘p yoshlarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqdamiz. Turkiya qanday qilib yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi davrida kuchli sog‘likni saqlash infratuzilmasi yordamida o‘zini dunyoning boshqa davlatlaridan alohida o‘ringa qo‘ysa, Xudo xohlasa, ham yashil rivojlanish yo‘lida ham da iqlim o‘zgarishi jarayonida huddi shu muvaffaqiyatga erishadi. Olloxning biz insonlarga omonati bo‘lgan tabiat muvozanatini himoya qilib, imkonlaridan maqul ravishda foydalanib, rivojlanishni davom etamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Erdo‘g‘an Afrikaga sayohat uyushtiradi. Afrika liderlari bilan diplomatik aloqalarini orttirgan Prezident Erdo‘g‘an, Afrikaga sayohat uyushtirmoqda. Erdo‘g‘anning 17-oktabrda boshlab 4 kun davom etishi rejalashtirilgan ushbu sayohati Angola, Nigeriya va Togoni o‘z ichiga oladi. Uchunchi Turkiya-Afrika o‘rtoqlik sammiti 17-18 dekabr kunlari Istanbulda uyushtiriladi.  

Hürriyet gazetasi: Turkiya Yamandagi bombali hujumni keskin qoraladi. Tashqi Ishlar vazirligi Aden gubernatori Ahmad Hamid Lamlas konvoyiga qarshi uyushtirilgan bombali hujumni qoralab, bayonot berdi. Unda: “Yamanning Aden viloyatida shahar hokimi Ahmad Hamid Lamlas konvoyiga qarshi bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan hujum oqibatida jon bergan va ko‘plab tan jarohati olganlar borligi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan eshitdik. Biz ushbu dahshatli hujumni qoralaymiz. Halok bo‘lganlarga rahmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tilaymiz. Do‘st va qardosh Yaman xalqi va hukumatiga ta’ziya izhor etamiz”.-deyildi. 

Sabah gazetasi: Tog-kon sanoati tarmog‘i eksportida rekord o‘rnatildi. Dunyoda ishlab chiqarilgan 90 tog‘-kon sanoti turining 80 foiziga ega va 650 turdagi marmar bilan 150 turdagi tabiiy toshni o‘z ichiga olgan Turkiya tuproqlari, tog‘-kon tarmog‘i eksportida rekord o‘rnatishni davom etmoqda. Tog‘-kon sanoati tarmog‘i faqatgina sentabr oyida 584.3 million dollarlik eksport yo‘lga qo‘ydi. Bu orqali o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan eksportda kuzatilgan ortishi 39.1 foiz deb qayd etildi.  

Haber Türk gazetasi: Formula 1 Turkiya Grand Prix musobaqasi qiziqarli o‘tdi. Formula 1 Jahon chempionatida mavsumning o‘n oltinchi musobaqasi deb ro‘yhatga olingan Rolex Turkiya Grand Prixda g‘alaba Mercedes poygachisi Valtteri Bottasga nasib qildi. Yog‘ingarchilik tufayli poygachilar vaqti-vaqti bilan murakkab onlarga duch kelishiga qaramay Istanbul parkidagi o‘yin judayam qiziqarli o‘tdi. Tribunlarni to‘ldirgan qariyb 80 ming kishi ham ajoyib manzara yaratdi. Musobaqani birinchilardan bo‘lib tamomlagan Mercedesning fin poygachisi Valtteri Bottasga kubogini Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shento‘p taqdim etdi.  



Aloqador xabarlar