Matbuot sharhlari 08.10.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1716915
Matbuot sharhlari 08.10.2021

Haber Türk gazetasi: Turkiya Isroil qarorini qoraladi. Turkiya Isroil sudi tomonidan qabul qilingan va yahudiylarning Al-Aqsa jome’ masjidida “jimgina” ibodat qilish haqqi borligini iddio etgan qarorini keskin qoraladi. Bu haqida bergan bayonotida: “Xalqaro hamjamiyatni bu notoʻgʻri, noqonuniy, xavfli qaror va Al-Aqsa jome’ masjidini nishonga olgan har qanday provokatsiyaga qarshi turishga chaqiramiz”.-deyildi.

Hürriyet gazetasi: Britaniya Turkiyada BionTech vaksinasi orqali emlanganlarni uy karantinida tutish haqidagi qarorini bekor qildi. Britaniya, Turkiya doxil dunyoning 37 davlatidan kirgan va yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi toʻliq emlangan yoʻlovchilarni qabul qilishini ma’lum qildi. Bunga koʻra Britaniya tomonidan tasdiqlangan Covid-19 pandemiyasiga qarshi vaksınalar orqali Turkiyada emlanganlar ham doxil mamlakatga kirgan yoʻlovchilar 10 kunlik uy karantinidan xolis qilinadi. Yoʻlovchilar toʻliq emlangan hisoblanishi uchun Britaniyaga bormay turib, kamida 14 kun oldin Oxford/ AstraZeneca, Pfizer-BioNTech, Moderna va Janssen vaksinalaridan biridan ikki doza foydalangan boʻlishi shart.

Yeni Şafak gazetasi: Turkovac ustidan uchinchi dozaga ruxsat berildi. Turkiya Dori-darmon va tibbiy jihoz tashkiloti, Turkovac mahalliy vaksinadan rapel doza sifatida foydalanishga ruxsat berdi. Ikki doza Sinovac vaksinasi ustidan emlangan kishilar uchun kechadan boshlab uchinchi doza sifatida Turkovac qoʻllanila boshladi. Uchinchi doza, mavjud Faza-3 faoliyatlari bilan birgalikda foydalaniladi.   

Star gazetasi: Turkiyadan qardosh va doʻst oʻlka Qozogʻistonga yirik investitsiya. Qozogʻiston bu yilning ilk yarmida mamlakatga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritilgan chet el investitisyasi nisbatini ma’lum qildi. Unda, Turkiyaning Amerika Qoʻshma Shtatlari va Shveytsariyadan keyin Qozogʻistondagi investitsiyalarni eng koʻp orttirgan uchinchi davlat ekani qayd etildi. 

Sabah gazetasi: Hugo Boss Turkiyada ishlab chiqarish faoliyatlarini orttiradi. Covid-19 pandemiyasi ortidan gʻarblik firmalarning voz kechilmas yetkazib beruvchisiga aylangan Turkiya, ketma-ket dunyoning eng yirik firmalari tomonidan kiritilgan investitsiyalar orqali e’tiborlarni oʻziga jalb eta boshladi. Bu haqidagi oxirgi xabar Germaniyaning “Hugo Boss” firmasidan keldi. “Hugo Boss”, kelasi yili Turkiyada yana 1000 kishini ish bilan ta’minlaydi.

 



Aloqador xabarlar