Matbuot sharhlari 06.10.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1715592
Matbuot sharhlari 06.10.2021

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an Sharqiy O‘rta yer dengizi haqida gapirdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Kriter jurnaliga bergan bayontida Turkiya sifatida huquqni hurmat qilganliklarini belgilab o‘tgan holda, “Biz qarshilik ko‘rsatgan masala, xalqaro huquqni bahona qilib, bizni majburlashga urinilgan ikki yuzlamachilikdir. Endi Sharqiy O‘rta yer dengizida haqqimizni himoya qilmaymizmi? Stol atrofida o‘tirib yaratilgan xaritalarni qabul qilishimiz kerakmi? Ya’ni boshimizda tashkil etishga urinilgan terror yo‘lagiga qarshilik ko‘rsatmay, uni tomosha qilamizmi? Albatta bu imkonsiz. Bu borada xalqaro huquq asosida kerakli qadamlarni tashladik, tashlashdan ham chekinmaymiz”.-dedi.

Star gazetasi: Germaniya Prezidenti Steinmeierning Turkiya haqidagi bayonoti. Germaniya Prezidenti Frank-Valter Steinmeier, turklarning mamlakatining bir bo‘lagi ekanini ifoda etdi. Steinmeier, Turkiya bilan Germaniya o‘rtasida “betakror aloqa” borligini ta’kidlar ekan, “Turkiya siyosiy o‘rni jihatidan ham Germaniyaning strategik muhim sherigidir”.-deya gapirdi.  

Habertürk gazetasi: Hulusi Akar Gretsiyani muloqatga chaqirdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi muammolar haqida: “Biz muammolarning xalqaro huquq asosida, tinch yo‘l bilan, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari doirasida muloqat yo‘li orqali hal qilinishiga ishonchimiz komil. Biz har qanday vaziyatda muloqatga tayormiz”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: Rus sayyohlar Istanbulni tanladi. Rossiyadan Istanbulga bu yilning ilk 9 oyida 381 ming 346 sayyohning sayohat qilgani belgilab o‘tilgan holda, rus sayyohlarning Istanbulda dam olish talabi ortgani qayd etildi.

Sabah gazetasi: Istanbul aeroportida tarixiy onlar. Dunyoning eng yirik aeroportlari qatorida o‘rin olgan Istanbul aeroporti, dunyoning eng katta yo‘lovchi uchog‘i Airbus 380 va dunyoning eng yirik yuk tashuvchi uchog‘i Antonov An-225 Mriyani bir vaqtning o‘zida mehmon qildi.

 



Aloqador xabarlar