Matbuot sharhlari 29.09.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1712260
Matbuot sharhlari 29.09.2021

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan: TURKOVAC vaksinasini seriyaviy ravishda ishlab chiqaramiz. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan global Covid-19 sammitiga yuborgan videomuraatida, “Mahalliy emlash dasturimizda 18 yoshdan kattalar ustidan ikkinchi dozalarni foydalanish ishlarida 70 foizga yaqinlashdik. Shuningdek, TURKOVAC va boshqa milliy vaksinalarimizni eng qisqa vaqtda seriyaviy ishlab chiqarish faoliyatlariga oʻtib, barcha insoniyat foydalanishiga taqdim etamiz”.-dedi.   

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an bilan Jo Bayden Rimda uchrashuv o‘tkazadi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an 30-31 oktabr kunlari Italiya poytaxti Rimda uyushtiriladigan G-20 Liderlar sammitida AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi.

Yeni Şafak gazetasi: Butun dunyo qurollarimiz uchun navbatda. ROKETSAN raisi Murat Ikinji, Turkiyaning milliy imkonlar bilan ishlab chiqargan mahsulotlarini olish uchun dunyoda bir necha davlatning navbatda turganini qayd etdi. Ikinji: “Qurollarimizning sohadagi muvaffaqiyati dunyo davlatlari qiziqishi bilan ortmoqda. Turkiyaning Mudofaa sanoati bozoridagi poyi oʻsmoqda”.-dedi.

Star gazetasi: Afrikada turklar muvaffaqiyati. Kamerunning iqtisodiyot poytaxti Doualada turk pudratchilar tomonidan qurilgan “Douala Japoma” stadioni futbol shaydolari tomonidan katta xursandchilik bilan qarshi olindi. FIFA, CAF (Afrika Futbol federatsiyasi) va kamerunlik rasmiylar tomonidan yuqori baholanganliklarini ifoda etgan qurilish firmasining Afrika loyihalari direktori Tahsin Tufan Serjan, “Kamerunliklar turk pudratchilarining nimalarga qodir ekaniga guvoh boʻldi”.-dedi.

Sabah gazetasi: Standard & Poor’sning Turkiya haqidagi yangi osish tahmini. Xalqaro reyting agentligi Standard & Poor’s, Turkiyaning 2021-yildagi iqtisodiy o‘sish tahminini 6.1 foizdan 8.6 ga ko‘tardi.   

 



Aloqador xabarlar