Matbuot sharhlari 20.09.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1708078
Matbuot sharhlari 20.09.2021

Sabah gazetasi: TBMM raisi Mustafa Shentop Yevropa ittifoqining muhojirlar siyosatini tanqid qildi. Turkiya Buyuk Millat majlisi raisi Mustafa Shentop, muhojirlar siyosatidagi qarama-qarshiliklar tufayli Yevropa ittifoqini tanqid qildi. Shentop, “Yevropa ittifoqi bergan va’dasini bajarmay, kerakli gumanitar tashabbuslarni amalga oshirmas ekan unda muhojirlar tolqinining oldini olish imkonsiz. Turkiya ortiqcha muhojir qabul qilolmaydi. Hamma oʻz zimmasiga tushgan javobgarchilikni olishi kerak”.-dedi.  

Yeni Şafak gazetasi: Amerikalik olim Koffi: Turk kuchi Markaziy Osiyo, Kavkaz va Afgʻonistonda yuqori oʻrinda. Doglas va Sara Allison Tashqi isyosati markazi direktori Lyuk Koffi Markaziy Osiyo, Kavkaz va Afgʻonistonda Turk kuchining yuqori oʻrinda ekanini ifoda etdi. Turkiyaning, mintaqada yana-da kuchli aktyorga aylanganini qayd etgan Koffi: “Bugungi kunda murakkab munosabatimiz boʻlishiga qaramay Turkiyaning ittifoqimiz va NATO tarkibida boʻlishi AQShga katta foyda”.-deya gapirdi.

Hürriyet gazetasi: Yevropa ittifoqi Yosh olimlar musobaqasida Turkiyaga birinchi marotaba birinchilik berildi. Turkiya, 2005-yildan beri ishtirok etib kelgan Yevropa ittifoqi Yosh olimlar musobaqasida birinchi marotaba birinchilik mukofatini qoʻlga kiritdi. Dunyoning 34 davlatidan yoshlar ishtirok etgan va mahalliy koordinatsiya faoliyatlarini TÜBİTAK yuritgan musobaqada Turkiya 6 loyiha bilan ishtirok etar ekan, nomi tilga olingan loyihalarning 5 tasi mukofatga sazovor deb topildi.

Habertürk gazetasi: Sakkiz oyda 11.8 million dollarlik choy eksport qilindi. Turkiya, 2021-yilning yanvar oyidan avgust oyigacha dunyoning 110 davlatiga choy eksport qilib, undan 11 million 898 ming 412 dollar daromad qoʻlga kiritdi. Belgiya, Germaniya, AQSh, ShKTR, Fransiya va Niderlandiya choy eksportida eng koʻp daromad olib kelgan davlatlar boʻldi.

Star gazetasi: Futbol boʻyicha Turkiya nogironlar-amputantlar terma jamoasi katta gʻalabaga erishdi. Turkiya nogironlar-amputantlar terma jamoasi, 2021 EAFF Futbol boʻyicha Yevropa nogironlar-amputantlar chempionati finalida Ispaniyani 6-0 hisobiga magʻlub qilib, ketma-ket ikkinchi marotaba Yevropa chempioni boʻldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar