Matbuot sharhlari 06.09.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1703119
Matbuot sharhlari 06.09.2021

Sabah gazetasi: MMV: 1-yanvardan beri 1865 terrorist yoʻq qilindi. Milli Mudofaa vazirligi tomonidan kecha berilgan bayonotda, bir oyda mamlakatda va chet elda 22 amaliyot uyushtirilgani, 2015-yilning 24-iyulidan beri 18 ming 455, bu yilning boshidan e’tiboran esa 1865 terroristning yoʻq qilingani ifoda etildi.  

Hürriyet gazetasi: Bu yil 143 terrorist taslim boʻldi. Ichki Ishlar vazirligi kecha koʻndirish yoʻli orqali PKK terror tashkiloti tarkibidan qochgan yana 1 a’zosining xavfsizlik kuchlariga taslim boʻlgani va bu orqali taslim boʻlgan tashkilot a’zolari sonining 143 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Star gazetasi: Turkiya qoʻshnilariga 8 oyda 12.5 milliard dollarlik eksport yoʻlga qoʻydi. Turkiyaning bu yilning yanvar oyidan avgust oyigacha qoʻshnilari Bolgariya, Eron, Iroq, Gruziya, Suriya va Gretsiyaga yoʻlga qoʻygan eksporti, oʻtgan yilning huddi shu davriga nisbatan 34.5 foizga ortgan holda 12.5 milliard dollarga chiqdi.

Haber Türk gazetasi: Flaşbellek (Flesh-xotira) uchun AQShdan yana bir mukofat keldi. Dervish Zaim rejissyorlik qilgan “Flaşbellek”, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shtatida uyushtirilgan Nyu-York Indepedent Cinema Awards deb nomlangan festivalda “Eng yaxshi xalqaro film” mukofotini qoʻlga kiritdi.

Vatan gazetasi: Turkiya jamoasi Yevropa chempionatida uch oʻyinda ham gʻalaba qozondi. Voleybol boʻyicha Turkiya erkaklar milliy terma jamoasi Yevropa chempionatidagi uchinchi musobaqada Shimoliy Makedoniyani 3-0 hisobiga magʻlub qilish orqali uch oʻyinni ham gʻalaba bilan yakunladi.

 



Aloqador xabarlar