Matbuot sharhlari 20.08.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1694520
Matbuot sharhlari 20.08.2021

Hürriyet gazetasi: Erdoʻgʻan: Jamoaviy faoliyatlarda koronavirus testi majburiydir. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bergan bayonotida, 6-sentabr kuni yuzma-yuz ta’lim jarayonining boshlashini belgilab oʻtgan holda, “Hali hanuz emlanmagan oʻqituvchi va boshqa xodimlardan bir haftada kamida 2 marotaba koronavirus testi natijasi talab qilinadi. Uchoq va shaharlararo sayohat, konsert, kinoteatr kabi jamoaviy faoliyatlar uchun esa koronavirus testi natijasi majburiydir”. – dedi.

Haber Türk gazetasi: Afgʻonistonda yangi yetakchilik tan olinadimi? Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Tolibonning Kobulni bosib olishi bilan Afgʻonistonda tashkil topadigan yangi hukumatning tan olinishi masalasida: “Haqiqatdan keng koʻlamli hukumat tashkil etiladimi yoki yoʻq, buni koʻrishimiz zarur. Xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda harakat qilamiz”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Chexiya Turkiyaga minnatdorchlik bildirdi. Chexiya Afgʻonistondagi evakuatsiya faoliyatlari uchun Turkiyaga alohida minnatdorchilik bildirdi. Chexiya Mudofaa vaziri oʻrinbosari Yan Xavranek, Turkiyaning uchoqlarning havoga koʻtarilishi va qoʻnishini tartibga solganini va xavfsiz ravishda borib-kelishni ta’minlaganini qayd etdi.

Sabah gazetasi: Yevropa ittifoqining Turkiya haqidagi qarori. Yevropa ittifoqi dunyoning 3 davlatining yangi turdagi koronavirus (Covid-19) vaksina sertifikatini tan olish haqida qaror qabul qildi. Yevropa ittifoqi komissiyasi qabul qilgan ushbu qarorga koʻra u davlatlar Turkiya, Shimoliy Makedoniya va Ukrainadir.

Star gazetasi: Merkel turk olimlarga rahmat aytdi. Germaniya kansleri Angela Merkel, Covid-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqargan BioNTech shirkatida boʻldi. Unda yuqorida nomi tilga olingan shirkat asoschilaridan turk olimlari, professor doktor Ugʻur Shahin va Oʻzlem Turejiga rahmat aytdi va vaksina haqida esa: “Mahsulotlarga qaraganimizda unchalik ham e’tiborlarni tortmaydi lekin ta’siri judayam kuchli”. – dedi.

 



Aloqador xabarlar