Matbuot sharhlari 19.08.2021

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an jonli efirda Afg'onistondagi voqealarni  baholadi, "Tegishli muassasalarimiz bir muddatdir Tolibon bilan aloqada edi.

1693974
Matbuot sharhlari 19.08.2021

 

Hurriyat "Erdog'andan Tolibon bilan  uchrashuv xabari"

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an jonli efirda Afg'onistondagi voqealarni  baholadi, "Tegishli muassasalarimiz bir muddatdir Tolibon bilan aloqada edi. Biz  kelajakda Tolibon boshqaruvini  qabul qilishimiz mumkinligini  ifoda etgan  edik. "Afg'on xalqining tinchligi va mamlakatimiz manfaatlarini himoya qilish uchun har turli  hamkorlikka tayyormiz. Biz Tolibonning mo''tadil bayonotlarini mamnuniyat bilan kutib oldik."

Vatan gazetasi "Akar: Afg'onistonda  Turk askarlarining  xavfsizligi uchun barcha choralarni ko'rdik"

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar Afg'onistondagi voqealarga nisbatan, " Turk askarining  xavfsizligi uchun barcha choralarni ko'rdik  va hech bir shaklda turk askarining xavf ostida bo’lishi mumkin emas” dedi.

Star  "TQK" Uchar qal'ani "yubordi

Tolibon Kobulda nazoratni qaytadan  tiklaganidan keyin Turkiyaga qaytish uchun  murojaat qilgan  200 dan ortiq turk fuqarosi bo'lgan "uchar qal'a" deb ta'riflangan Turkiya havo kuchlarining A400 M tipli transport samolyoti Kobuldan ko'tarildi.

Yeni Shafak: Liviya: Turkiya bilan kelishuvimizni buzmaymiz

Liviya va Turkiya o'rtasida imzolangan shartnomani to'xtatib turish chaqiriqlari haqida bayonot bergan Liviya Davlat Oliy Kengashi Prezidenti Xolid al-Mishri, "Shartnomani muzlatish talabini butunlay rad etamiz va qoralaymiz" dedi.

Sabah "Nemislar va ruslar kuzda  ham Turkiyada"

Germaniyalik va Rossiyalik sayyohlar kuzni Turkiyada o'tkazadi. Sentyabr oyida qirg'oqdagi mehmonxonalar 80 foizga to'lgan bo'lsa-da, talab oktyabr oyida ham davom etishi va mavsum noyabr oyining o'rtalariga qadar cho'zilishi kutilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar