Matbuot sharhlari 18.08.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1693150
Matbuot sharhlari 18.08.2021

Sabah gazetasi: Erdoʻgʻan navbatdagi Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasi marosimida muhim bayonotlar berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, kecha Istanbulda oʻtkazilgan 15-Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasining ochilish marosimida soʻzlagan nutqida, mamlakat chegarasidan oʻn minglab kilometr uzoqlikda terrorizmga qarshi kurash nomi ostida, tinch aholi yoki gunohsiz demay insonlar boshiga bomba yogʻdirganlardan aslo emasliklarini va unday ham boʻlmasliklarini ta’kidladi.

Hürriyet gazetasi: Chavushoʻgʻlu Afgʻoniston haqida bayonot berdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu kecha bergan bayonotida, “Afgʻonistonda bugungacha Tolibonning niyatini ijobiy tusda qarshi olganimizni aytishni xohlaymiz”. - dedi. “Afgʻonistonda barcha tomonlar bilan muloqatimizni davom ettiramiz. Bunga Tolibon ham doxil”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Star gazetasi: Turkiyadan tashqari, dunyoning boshqa hech qaysi davlati uchun, “Qardosh oʻlka” degan iborani ishlatmaymiz. Kecha, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop bilan uchrashgan Janubiy Koreya Milliy majlisi raisi Byeong-seug, Koreyaning bugungi rivojining turk askarlari gʻayrati bilan amalga oshganini ifoda etgan holda: “Koreya, dunyoning boshqa hech qaysi davlati uchun, ‘qardosh’ ifodasini ishlatmaydi. Faqatgina Turkiya uchun ‘qardosh oʻlka’ deymiz”. - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Polsha Mudofaa vaziri Blaszczak bayonoti: Qurolli uchuvchisiz havo transportlari 2022-yili armiyamizga topshiriladi. Ijtimoiy tarmoq orqali bayonot bergan Polsha Mudofaa vaziri Mariusz Blaszczak, BAYKAR Mudofaa yetakchisi Haluk Bayraktar bilan uchrashuv oʻtkazganini va “Bayraktar TB2” Qurolli uchuvchisiz havo transportlarining 2022-yili Polsha Qurolli kuchlariga topshirilishini ma’lum qildi.

Haber Türk gazetasi: 7 oyda 16 ming 250 tonna Qora dengiz losos baligʻi eksport qilindi. Turkiyadan 2021-yilning 7 oylik davrida 16 ming 250 tonna Qora dengiz lososi eksport qilinib, undan, 90 million 316 ming 827 AQSh dollari daromad qoʻlga kiritildi.

 



Aloqador xabarlar