Matbuot sharhlari 07.07.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1671268
Matbuot sharhlari 07.07.2021

Vatan gazetasi: Qurbon hayitigacha 18 yoshdan kattalarning 70 foizini emlash rejalashtirilmoqda. Sogʻlikni Saqlash vaziri Faxrettin Koʻja, Qurbon hayitigacha (20-iyul) emlanishi kerak boʻlgan 18 yoshdan katta qariyb 62 million aholining 70 foizini kamida birinchi doza emlashni rejalashtirganliklarini qayd etdi. Koʻja, “Mobil guruh sonini iloji boricha orttirib, tez kunlarda maqsadga erishib, jamoaviy immunitetni shakllantirish niyatidamiz”. - dedi.   

Star gazetasi: Tatar: Ikki bayramni birga nishonlaymiz. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar, 20 - iyulda Kipr Tinchlik harakatining 47-yilligi nishonlanishini belgilab oʻtgan holda, “Qurbon hayitining ham birinchi kuni boʻlgan 20-iyuldagi marosimlar uchun tayyorgarlik koʻryapmiz. Ushbu marosimlarda Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan va hay’ati ham Kiprda biz bilan birga boʻladi va birgalikda ikki bayramni bir nishonlaymiz.” - dedi.   

Sabah gazetasi: Turizm tarmogʻidagi mutaxassislar Rossiyadan yoʻlga qoʻyiladigan yangi qatnovlardan xursand. Rossiyaning Turkiya aviaqatnovlarini boshlatishi ortidan, yana 13 shahardan suyunchli xabar keldi. Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya), Turkiyaga boʻlgan aviaqatnovlar sonining orttirilganini qayd etar ekan 12 - iyuldan e’tiboran Rossiyaning yana 13 shahridan aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishini ma’lum qildi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya, Qurolli Uchuvchisiz havo transportlari kuchi sifatida oʻsish qayd etmoqda. Londondagi Drone urushlari sayti Turkiyaning Qurolli Uchuvchisiz havo transportlari (SIHA) dasturlari haqida qalamga olgan maqolasida, Turkiya, SIHA ishlab chiqarishni va uning ustidan eksport yoʻlga qoʻyishni davom etar ekan yevropaliklarning bu borada kech qolganini ta’kidladi. Maqolada Turkiyaning, AQSh va Isroilning SIHA texnologiyasidan yana-da kuchliroq ekani belgilab oʻtilgan holda, “Turkiya borgan sari koʻproq Uchuvchisiz havo transportiga ega”. - deyildi.

Hürriyet gazetasi: “1915 Chanoqqal’a” koʻprigi qurilishida osma arqonlar oʻrnatila boshladi. Kelasi yili xizmatga tushadigan Osiyo-Yevropa qit’alarini birlashtiruvchi “1915 Chanoqqalʻa” koʻprigining qurilisihi jadal ravishda davom etmoqda. Koʻprikning osma arqonlarini oʻrnatish ishlari ham boshladi. Ushbu koʻprikning Chanoqqal’a Dengiz gʻalabasining 107-yilligi nishonlanadigan 2022 - yilning 18 - martida xizmatga ochilishi rejalashtirilmoqda.  

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar