Matbuot sharhlari 01.07.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1668022
Matbuot sharhlari 01.07.2021

Vatan gazetasi: Oddiy hayot sharoitiga otishda, yangi davr boshladi. Yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi kurash doirasida kiritilgan cheklovlar o‘z nihoyasiga yetdi. Haftaning dushanba va shanba kunlari Turkiya vaqti bilan soat 22:00 dan 05:00 gacha davom etgan va yakshanba kunlari esa to‘liq kun yo‘lga qo‘yilgan ko‘chaga chiqish haqidagi cheklovlar va ana shu davrda qo‘llanilgan shaharlararo sayohat qoidasi bekor qilindi. Ishxonalar belgilangan ochilish soatlari doirasida faoliyat olib bora boshlaydi. Nikoh va to‘y marosimlarida ishtirok etuvchilar soni cheklanmaydi.

Yeni Şafak gazetasi: Kanal Istanbulga qiziqish katta. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan rus kasbdoshi Sergey Lavrov Antaliyada uchrashdi. Chavusho‘g‘lu mushtarak matbuot anjumanida (1936 - yili qol qoyilgan Montre shartnomasi) Kanal Istanbul haqidagi savolga qarshi: “Kanal Istanbul uchun konkret qadamlar tashlay boshladik. Xalqaro shirkatlarning qiziqishi katta. Montrega o‘zgartirish kiritilmaydi”. - deb javob berdi.

Star gazetasi: NATO mashqida Turk SIHAlari (Qurolli Uchuvchisiz havo transporti) e’tiborlarni oziga qaratdi. Ukraina va Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Qora dengizda birgalikda amalga oshirgan “Sea Breeze-2021” mashqi davom etmoqda. Ushbu yirik mashqda Turkiyada ishlab chiqarilgan “Bayraktar TB2” Qurolli Uchuvchisiz havo transportlari (SIHA) ham o‘rin oldi. Turk SIHAlari birinchi marotaba bir NATO mashqida foydalanildi. Ukraina - AQSh mushtarak harbiy mashqi, “Sea Breeze - 2021” 28-iyun kuni boshlagandi. Mashqda NATO tarkibidagi 30 dan ortiq davlat ishtirok etmoqda.  

Haber Türk gazetasi: Iyun oyidagi tashqi savdo eksportidan rekord raqam kutilmoqda. Savdo vaziri Mehmet Mush, juma kuni ma’lum qilinishi rejalashtirilgan iyun oyi tashqi savdo ma’lumotlarida rekord darajadagi eksport raqami kutayotganliklarini qayd etdi. Mush bu haqida: “2021 - yilning oxiridan e’tiboran eksportimizni O‘rta Muddatli dasturning 2022-yilgi rejasi bo‘lgan 198 milliard dollarga yetkazish orqali, 200 milliard dollardan oshirishimizga ishonchim komil”. - dedi.

Hürriyet gazetasi: Basketbol boyicha Turkiya milliy terma jamoasi yarim finalda. Turkiyaning basketbolchi erkaklar milliy terma jamoasi FIBA Olimpia saralash musobaqasining Kanadada uyushtirilgan turnirining B guruhida, ikkinchi bosqichda Chexiyani 87-70 hisobiga mag‘lub qildi. Bu natija bilan Turkiya o‘z guruhini lider sifatida tamomlab, yarim finalga ko‘tarildi.   

 

 

 

 



Aloqador xabarlar