Matbuot sharhlari 25.06.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1664715
Matbuot sharhlari 25.06.2021

Hürriyet gazetasi: BMTning Turkiya haqidagi chaqirigʻi. Birlashgan Millatlar Migratsiya masalalari boʻyicha xalqaro tashkiloti direktori Antonio Vitorino, eng koʻp muhojirga quchoq ochgan Turkiya kabi davlatlar uchun yana-da koʻproq birdamlik va ular javobgarchiligini boʻlishishga chaqirdi.

Star gazetasi: Turkiyadan Liviyaga Ro-Ro safarlari (Gʻildirakli transport vositalarini kemalar orqali tashish) boshladi. Karanfil Group shirkatlaridan KRN Lines, oʻzaro savdo hajmining orttirilishi maqsadida, bugungacha faqatgina sinab koʻrish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan Ro-Ro safarlarini endilikda muntazam ravishda ishga tushirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Ikki mamlakatdan 8 millionga yaqin sayyoh keladi. Rossiyadan cheklovlarning bekor qilinishi bilan boshlagan sayyohlar sonidagi ortish turizm tarmogʻini xursand qilmoqda. Aviaqatnovda 45 foizlik oʻsish qayd etilar ekan, mehmonxonalardan oʻrin ajratish boʻyicha yuqori ortish kuzatildi. Bu yil oxirida Turkiyaga Rossiyadan jami 4 - 4.5 million, Germaniyadan esa jami 2.5-3 million atrofida sayohning kelishi kutilmoqda.  

Vatan gazetasi: SunExpressning Antaliya va Izmirdan Jenevaga aviaqatnovlari boshlash arafasida. Turk Havo yoʻllari bilan Lufthansa qoʻshma korxonasi boʻlgan  SunExpress, 27 - iyunda Antaliyadan, 2 - iyul kuni esa Izmirdan Shveytsariyaning Jeneva shahriga toʻgʻridan - toʻgʻri aviaqatnovlar boshlatmoqda.  

Star gazetasi: Grizu - 263 Kosmik jamoasi. AQShdagi model kosmik musobaqada e’tiborlarni oʻziga jalb qildi. Zonguldak viloyatida joylashgan Bulent Ejevit nomidagi universitetning Muhandislik fakulteti talabalaridan tashkil topgan Grizu-263 kosmik jamoasi, AQShda boʻlib oʻtgan Cansat Competition Model kosmik musobaqasida 4 - oʻrinni qoʻlga kiritdi.



Aloqador xabarlar