Matbuot sharhlari 21.06.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1661925
Matbuot sharhlari 21.06.2021

Star gazetasi: Erdogan: Muhojirlarni kochishga majbur qiladigan sabablarni yoq qilish shartdir. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Xalqaro mhojirlar kuni munosabati bilan bergan bayonotida: “Muhojirlarni ko‘chishga majbur qilgan sabablarning yo‘q qilinishi shartdir. Mojarolar va barqarorsizliklarning to‘xtatilishi va ularning uylariga qaytishlari uchun sa’y-harakatlar zarur”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Chavoshoglu Gretsiyaga javob berdi. Gretsiya Tashqi Ishlar vaziri Nikos Dendiasning, “Turklarning hujumkorona muomalasini Turkiyaning o‘ziga qarshi qurol sifatida foydalandik” degan so‘zlariga Turkiya javob berdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bu haqida bergan bayonotida, “Gretsiya ig‘vogar tusdagi munosabatlaridan voz kechishi kerak”. - dedi.

Haber Türk gazetasi: Ukraina Tashqi Ishlar vaziri yurttoshlarini dam olish uchun Antaliyaga chaqirdi. Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, ukrainaliklarni dam olish uchun Antaliyaga taklif qildi. Kuleba: “Ukrainalik sayyohlar bu orqali ham chiroyli dengizda dam olish ham da Turkiyadagi qadimiy tarixni yaqindan kuzatish va u bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi”. - dedi.

Sabah gazetasi: Aviaqatnovlarga ruxsat berilishi rus sayyohlarga xursandchilik baxsh etdi. Rossiya pandemiya tufayli bekor qilgan Turkiya aviaqatnovlarini takror boshlatdi. Ruslar 1 soatda turoperatorlarining internet saytlarini deyarli o‘chirib qo‘ydi. Besh oyda 7 million rus sayyohning Turkiyaga kelishi kutilmoqda.

Yeni Şafak gazetasi: Le Figaro gazetasi oz oquvchilarini Turkiyaga taklif qildi. Fransiyaning Le Figaro gazetasida “Turkiyaga borish uchun 5 sabab” degan sarlavha bilan maqola chop etildi. Turkiyadagi diqqatga sazovor joylar haqida gap ketgan maqolada Go‘beklitepe, Bodrum, Mug‘la, Shakirin jome’ masjidi, Sharqiy Ekspres va ba’zi mashhur kabobchilar mutlaqo borilishi kerak va tomosha qilinishi lozim joylar sifatida tilga olingan.

 



Aloqador xabarlar