Matbuot sharhlari 01.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1649523
Matbuot sharhlari 01.04.2021

Yeni Şafak gazetasi: Kun boyi amal qilingan toliq lokdaun bir kunga tushdi. Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida, iyun oyi bilan birga ko‘chaga chiqish cheklovlarining hafta ichi va shanba kuni soat 22:00 da boshlashini, hafta yakunida esa shanba kuni 22:00dan dushanba kuni 05:00 gacha to‘liq lokdaun yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Erdo‘g‘an  kafe ve restoranlar bosh bo‘lish bilan birga bir necha ishxonaning yakshanba kunidan tashqari ertalabgi soat 07:00 dan kechki soat 21:00 gacha xizmat berishi mumkinligini bildirdi.

Hürriyet gazetasi: Chavushogludan AQSh haqida bayonot. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, AQShning yangi yetakchiligini nazarda tutgan holda, “Yana - da yaxshi munosabatda bo‘lishga urinmoqda. S - 400 larni ‘ishlatmang’ degan taklifini qabul qilish esa imkonsiz”. - degan bayonotlar berdi. Chavusho‘g‘lu: “(AQSh Davlat rahbari Jo) Bayden Prezidentimizga telefon orqali, “Siz ham xohlasangiz biz siz bilan yaqindan ishlash niyatidamiz dedi lekin mavjud mauammolarni hal qilishimiz lozim”. - deya gapirdi.  

Haber Türk gazetasi: NATO, turk askarlariga hayron qoldi. Ruminiyada ijro etilgan va dunyoning 26 boshqa davlatidan 30 ming nafardan ortiq personal ishtirok etgan NATO Steadfast Defender Europe 2021 mashqida qatnashgan turk askarlari, NATOni o‘ziga rom etdi. NATO, turk askarlari tomonidan qurilgan dala oshxonasi, hammom kabi maydonlar va hojatxonalar tozaligiga maqtov yog‘dirdi.   

Sabah gazetasi: Dunyo Kargu - 2 Uchuvchisiz havo transporti haqida gapirmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan chop etilgan yangi hisobot, Turkiyada ishlab chiqarilgan Kargu - 2 Uchuvchisiz havo transportlarining dunyo tarixida katta yangilik yaratganini ma’lum qildi. Sun’iy intellekt tizimiga ega Kargu - 2 larning Liviyada to‘ntarishchi Xafter kuchlariga qarshi qo‘lga kiritgan g‘alabasida ko‘zga tashlangan detallar, dunyo ommaviy axborot vositasi kun tartibida o‘rin oldi.  

Star gazetasi: Turkiya ilk chorakdagi osishi orqali Iqtisodiy Hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tarkibidagi davlatlarning eng yuqori qatoridan orin oldi. Turkiya, yilning ilk choragida qo‘lga kiritgan yillik bazadagi 7 foizlik o‘sishi orqali Iqtisodiy Hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tarkibidagi davlatlar orasida eng yaxshi o‘sish qayd etgan davlat bo‘ldi.   

 

 



Aloqador xabarlar