Matbuot sharhlari 14.05.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1639484
Matbuot sharhlari 14.05.2021

Sabah gazetasi: Prezident Erdogan Aqsa masjisi ustidan ketma - ket uchrashuvlar amalga oshirmoqda. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Malayziyaning sobiq Bosh vaziri Mahathir Muhammad, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf Gani, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Iroq Bosh vaziri Mustafa Kozimiy bilan telefon orqali muloqat qildi. Unda Isroilning Falastinga qarshi uyushtirgan hujum va bosimlari qo‘lga olindi.

Yeni Şafak gazetasi: Hulusi Akar: Yunon qoshnilarimiz igvogarchilik va tahdid tilidan voz kechishi kerak. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, “Yunon qo‘shnilarimiz ig‘vogarchilik va tahdid tilidan voz kechishi kerak. Turkiyaga ekspansionist deganlar 1821 - 2020 yillar orasidagi xaritaga bir nazar tashlasinlar, kimning ekspansionist ekanini ko‘radilar”. - dedi.

Star gazetasi: Ayasofiyada 87 yil ortidan birinchi marotaba hayit namozi oqildi. Muzeyga aylantirilishi ortidan takror ibodatga ochilgan Ayasofiya jome’ masjidida 87 yil ortidan birinchi marotaba kecha Ramazon hayitida namoz o‘qildi. Namozda Din Ishlari boshqarmasi raisi professor doktor Ali Erbash imomlik qildi.



Aloqador xabarlar