Matbuot sharhlari 12.05.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1638406
Matbuot sharhlari 12.05.2021

Vatan gazetasi: Chavushoglu: BMT navbatdan tashqari yigilishga chaqirdik. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Isroilning Aqsa masjidi va G‘azo hujumlari haqida gapirar ekan avval BMT Bosh assambleyasini navbatdan tashqari yig‘ilishga chaqirganliklarini qayd etdi. Chavusho‘g‘lu, “Har doim qoralayapmiz lekin ummat nimadir qilishimizni kutyapdi. Shunday ekan bunday hujumlarning bas qilinishi kerak. Xalqaro huquq doirasida falastinliklar haqqini himoya qilishimiz lozim. Muammoni ikki davlat asosida hal qilishdan hech qachon voz kechilmasligi darkor”. - dedi.  

Sabah gazetasi: Falastin Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi. Falastinning Anqaradagi elchisi Dr. Faed Mustafa Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va turk xalqining Isroil zulmi oldida har doim o‘z munosabatini yaqqol o‘rtaga qo‘yganini bildirdi. Turkiyaning har doim Falastin xalqining umidi ekanini ta’kidlagan Mustafa, “Falastin davlati nomidan Quddus shahri va Aqsa masjidini qo‘llab - quvvatlagan Turkiya xalqi va Prezident Erdo‘g‘anga qardoshlardek munosabatlari uchun salom yo‘llab, minnatdorchilik bildiraman”. - dedi.

Haber Türk gazetasi: Instagramning Isroilning qattiq nazoratiga e’tiroz. Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, Instagramning Baykar Texnik direktori Selchuk Bayraktarning Aqsa masjidida chiqqan yong‘in chog‘ida bayram qilgan yahudiylar tasviri haqidagi postini qattiq nazoratga olinishi haqida: “Nafratni ishonchga aylantirganlar, mabad yonar ekan bayram qilmoqdalar. Ijtimoiy tarmoq bu nafratga qarshi kurashganlarni qattiq nazorat ostiga olmoqda. Bunga qaramay nafratga qarshi kurashimiz davom etadi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Yeni Şafak gazetasi: TRT World muxbirining Oq uy Matbuot xizmati kotibini qiynagan “Falastin” haqidagi savoli. AQSh Davlat kotibi Matbuot xizmati vakili Ned Prays, TRT Worldning Oq uy muxbiri Yunus Pakso‘yning “Falastin” haqidagi savoli oldida nima deyishini bilolmay qoldi. Anchagacha biron nima deyolmagan Prays, ko‘plab tinch aholining umriga zomin bo‘lgan Isroilning hujumlarini to‘g‘ridan - to‘g‘ri qoralashdan qochdi.  

Hürriyet gazetasi: Beshtepadan 5 ta muhim ma’lumot. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalinning Hürriyet gazetasiga bergan bayonotida quyidagi 5 masalaga alohida o‘rin berildi. Ular: F - 35 urush uchoqlari haqida AQShga qilgan taklifimizni yangilayapmiz. Rossiyadan biz xarid qilib olgan S - 400 masalasini muzokara yo‘li orqali hal qilishimiz mumkin. Liviyada shartnomalarga sodiqmiz. Dunyo Isroil zulmiga monelik qilsin. Suriyada Bashar al - Asad bilan uchrashuv amalga oshirishimiz imkonsiz. Yevropa ittifoqi masalasida to‘p butunlay ular qo‘lida.    

 



Aloqador xabarlar