Matbuot sharhlari 30.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1631355
Matbuot sharhlari 30.04.2021

Haber Türk gazetasi: Erdogan: “Tashqariga bolgan qaramlilikni toxtatyapmiz”. - dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an oxirgi 19 yildan beri mudofaa sanoatini har tarmoqda yuqori texnologiya, tadqiqot va yangilashga tayangan mahalliy ishlab chiqarish orqali rivojlantirish uchun hormay - tolmay mehnat qilganliklari va say - harakatlari natijalarini birma - bir olganliklarini qayd etdi. Erdo‘g‘an, “Bundan buyon uchoq - bombalarimiz, oq - dori va raketalarimiz masalasida hech kimga qaram bo‘lmaymiz.” - dedi.

Hürriyet gazetasi: Ersin Tatar: “Mustaqilligimizni mubohasaga ochmaymiz”. - deya gapirdi. Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti yetakchiligida kiprlik tomonlar va kafil mamlakatlar shu jumladan Turkiya, Gretsiya va Britaniya ishtirokida 5+1 formatida uyushtirilgan norasmiy Kipr konferensiyasi o‘z nihoyasiga yetdi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar, yurtining mustaqilligini mubohasaga ochmasligi, hammaning buni qabul qilishi kerakligini qayd etdi. Ersin Tatar o‘z so‘zini, “Haqqimizni talab qilishni davom etamiz” - degan so‘zlar bilan yakunladi.   

Vatan gazetasi: Istanbul aeroporti yilning ilk 4 oyida Yevropa lideri boldi. Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (Eurocontrol) ma’lumotiga ko‘ra 1 - yanvardan 28 - aprelgacha bo‘lgan davr mobaynida Istanbul aeroporti 63 ming 064 qatnov orqali Yevropaning eng ko‘p xizmat qilgan aeroporti bo‘ldi. Istanbul aeroportini boshqaruvchi kompaniyasi IGA  tomonidan ijtimoiy tarmoq hisobi orqali berilgan bayonotda: “Safarga dunyoning aviatsiya markazi sifatida chiqar ekanmiz bu yo‘lda 2021 - yilning ilk 4 oyida Yevropa liderimiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Yeni Şafak gazetasi: Antaliyada dam olish uchun xonalarni bron qilish boyicha Germaniya birinchi orinda.  Antaliya Savdo va sanoat palatasi rahbari Davut Chetin, Yevropada yangi turdagi koronavirusga (Covid - 19) ga qarshi emlash sonining ortganini, shu bois ham, yoz oylarida aviaqatnovlarda ortish kutganliklarini ma’lum qildi. Chetin, nemislarning dam olish uchun xonalarni bron qilish bo‘yicha birinchi o‘rinda ekanini va iyun oyidan umidvorligini bildirdi.

Star gazetasi: Turk tadbirkorlar ishlab chiqardi. Unga kora kozlarni uyda ham muolaja qilish mumkin. Anqarada bir guruh yosh tadbirkor, ko‘z muolajasining maxsus ko‘zoynaklar orqali amalga oshirgan jihoz o‘ylab topdi. Hozircha prototipi ishlab chiqarilgan 500 gram og‘irligidagi arzon narx bichilgan ko‘zoynak an’anaviy va qimmatbaho jihozlardan foydalanilgan muolajaga qulaylik yaratadi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar