Matbuot sharhlari 29.04.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1630672
Matbuot sharhlari 29.04.2021

 

Star gazetasi: “Aliyevning Turkiya bo’yicha bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi. Aliyev suhbat chog’ida AQSh prezidenti Jo Baydenning 1915-yil voqealarini “armanlar genotsidi” deb ataganligiga munosabat bildirdi.

“Turkiya Ozarbayjonning yaqin do’sti va ittifoqdoshidir. Urushdan keyin mintaqamizda muhim ro’l o’ynamoqda. AQSh prezidentining ushbu bayonoti Ozarbayjon hukumati va xalqini o’ta bezovta qildi”,-deb ma’lum qiladi Ilhom Aliyev.

 

Xabar turk gazetasi: “Ersin Tatarning Kiprda doimiy yechim uchun 6 moddalik taklifi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar BMT bosh kotibi Antonio Guterresga Kipr masalasiga doimiy yechim topish uchun 6 moddadan iborat taklifni topshirdi.

Taklifda Kiprdagi turk xalqining suvereniteti va xalqaro statusining tan olinishi doimiy yechimga asoslangan muzokaralarga zamin yaratishi qayd etildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Mahalliy vaksina foydalanishga topshirilish arafasida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko’ja koronavirusga qarshi ishlab chiqarilayotgan mahalliy vaksina bo’yicha bayonot berdi.

Vazir mahalliy vaksina bo’yicha faoliyatlar so’nggi bosqichga yetib kelganligini bildirdi.

“Kelgusi bir necha kun ichida vaksinaning 3-bosqich sinovlariga tayyorgarliklar boshlanadi. Bu foydalanishga topshirilishiga oz qoldi demakdir”,-dedi Faxriddin Ko’ja.

 

Vatan gazetasi: “Turkiya bir yangilikka imzo chekdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQShning Al-Monitor xabar sayti Turkiya TCG Anadolu amfibiyasi jangovar kemasini qurolli dronlar kemasiga aylantirib, harbiy sohada bir yangilikka imzo chekkanligini yozdi.

Bir kemaning batamom qurolli dronlar bilan jihozlanishi dunyada birinchi bor amalga oshirilmoqda. Kema 2023 yilda faoliyat ko’rsata boshlashi rejalangan.

 

Hurriyat gazetasi: “Formula-1 Turkiyaga qaytmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyoning nufuzli motor sportlari uyushmasi Formula-1 shu yilning 11-12-13 iyun kunlari “Intercity Istanbul park” maydonida amalga oshiriladi. Turkiya o’tgan yili Formula-1 musobaqalariga mezbonlik qilish huquqini qo’lga kiritgandi. Shu sababli joriy yilda Formula-1 musobaqalari Turkiyada bo’lib o’tadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar