Matbuot sharhlari 26.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1628504
Matbuot sharhlari 26.04.2021

Vatan gazetasi: Prezident Erdogan Chanoqqal’a haqida bayonot berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Chanoqqal’a hududiy suvlarining 106 - yilligi munosabati bilan bergan bayonotida, “Chanoqqal’a ruhini yashatishga, yurtimizning ertangi kuni kuchiga - kuch qo‘shishga davom etamiz”. - dedi.  

Yeni Şafak gazetasi: Terror obyektlari yer bilan yakson qilindi. Iroqning shimolidagi PKK terror tashkiloti a’zolariga qarshi Panja - Shimshek va Panja - Yildirim amaliyotlari davom etmoqda. Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Panja - Shimshek va Panja - Yildirim amaliyotlari doirasida terroristlar yer bilan yakson qilindi, Harbiy - havo kuchlarimiz terror obyektlarini vayron qildi”. - deyildi.

Star gazetasi: Tatar: Turkiya bu yerda qaror berish huquqiga ega va haqlarimizni yedirib qoymaymiz. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar Gretsiyada chop etilgan “Kathimerini” gazetasiga bergan bayonotda, Turkiya bilan ko‘p qirrali mushtarak manfaatlari borligini belgilab o‘tgan holda, “Turkiya buyuk davlatdir. Bu mamlakatning kafili, ona vatanidir. Bu yer haqida qaror berish huquqiga ega”. - dedi.

Hürriyet gazetasi: Aksungurning katta muvaffaqiyati. Mudofaa sanoati vaziri Ismail Demir, Aksungur Qurolli uchuvchisiz havo vositasining birinchi marotaba otgan 340 kilogram og‘irlikdagi KGK - Qurolli Uchuvchisiz havo vositasi - 82 bilan 30 kilometr manzildagi nishonni muvaffaqiyatli ravishda urganini ma’lum qildi.

Sabah gazetasi: Milliy kurashchi Riza Kayaalp shu bilan oninchi marotaba Yevropa chempioni boldi. Yevropa kurash chempionatida 130 kilogram vazn toifasida grek - rim kurashi bo‘yicha milliy sportchi Riza Kayaalp gruziyalik raqibi Iakobi Kajaiani mag‘lub qilib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Riza Kayaalp shu bilan o‘ninchi marotaba Yevropa chempioni bo‘ldi.



Aloqador xabarlar