Matbuot sharhlari 22.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1626601
Matbuot sharhlari 22.04.2021

Sabah gazetasi: Prezident Erdogan grek vazir Dendiasga haddini bildirgani uchun rahmat aytdi. Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi guruh yig‘ilishida so‘zlagan nutqida, o‘tgan hafta poytaxt Anqaraga tashrif uyushtirgan Gretsiya Tashqi Ishlar vazirining kasbdoshi Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uyushtirgan matbuot anjumaniga to‘xtaldi. Erdo‘g‘an, Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luga grek vazir Nikos Dendiasga haddini bildirgan, saboq mohiyatidagi bayonotlari uchun rahmat aytdi.  

Haber Türk gazetasi: Savdo vaziri Mush, “Yagona maqsadimiz 84 millionning farovonligini orttirishdir”. Savdo vaziri Mehmet Mush, “Turkiya eksportining orttirilishi va iqtisodiy o‘sish, farovonlik saviyasining ko‘tarilishi uchun qo‘limizdan kelgan hamma narsani qilishga urinyapmiz. Yagona maqsadimiz, 84 millionning farovonligini orttirishdir”. - dedi.

Hürriyet gazetasi: Bu yilning ilk choragida qulupnay eksportida 333 foizlik osish qayd etilib, bu boyicha rekord ornatildi. Yangi, muzlatilgan yoki quritilgan holda dunyoning 29 davlatiga eksport qilingan qulupnay bo‘yicha Turkiyada 2021 - yilning birinchi choragida rekord o‘rnatilib, 333 foizlik ortish qayd etildi. Turkiya qulupnay eksporti ilk 3 oyda 993 ming dollardan 4 million 307 ming dollarga yetdi.

Star gazetasi: The Independent: Yevropaning tojini Istanbul oladi. The Independent gazetasining sayohat muhbiri Simon Calder, “Heathrowning Yevropa tojini Istanbulga berib qo‘yishi mumkinligi aytilmoqda”. - degan sarlavha bilan bir maqola qalamga oldi. Calder unda, “Xalqaro tranzit markazlari Covid - 19 pandemiyasidan keyingi jarayon qayta tartibga solingunga qadar Istanbulning mega aeroporti va o‘zini Yevropaning eng faoli sifatida qabul qildiradigandek”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: YouTube Kids Turkiyada faollashtirildi. YouTube, dunyoning bir necha mamlakatida faollashtirgan YouTube Kids portalini Turkiyada ham  butunlay bolalarga maxsus xususiyatlari bilan taqdim etdi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar