Matbuot sharhlari 14.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1621042
Matbuot sharhlari 14.04.2021

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdogan: Ikki hafta qismiy cheklov yolga qoyiladi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an koronavirus pandemiyasiga qarshi ko‘riladigan yangi chora - tadbirlar haqida bayonot berdi. Erdo‘g‘an, 15 kunlik qismi cheklash jarayoniga o‘tilishini shu doirada dam olish kunlari ko‘chalarga chiqish haqidagi cheklovlarning davom etishini, hafta ichi 19:00 - 05:00 soatlari orasida ko‘chaga chiqish man etilishini, shaharlararo sayohatlarning majburiy hollardan tashqari taqiqlanishini bildirdi. Erdo‘g‘an, qabul qilingan qarorlar foyda bermagudek bo‘lsa unda 15 kundan keyin ham, hayit kunlari ham qat’iy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Hürriyet gazetasi: Afgoniston tinchlik jarayoni haqidagi yigilish Istanbulda bolib otadi. Turkiyaning mezbonligida o‘tkaziladigan Afg‘oniston tinchlik jarayoni haqidagi yig‘ilish Istanbulda 24 - apreldan 4 - maygacha davom etadi. Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, ushbu konferensiyaning eng asosiy maqsadi muammoni adolatli va doimiy ravishda hal qilinishi uchun Dohada davom etgan Afg‘oniston muzokarasining jadal tus olishini ta’minlash va tamomlanishiga hissa qo‘shishdir.   

Star gazetasi: Turkiya, shamol investitsiyalari boyicha Yevropada birinchi beshtalikda. Turkiya, 1 milliard yevrodan oshgan quriqlikdagi shamol energiyasi investitsiyalari orqali 2020 - yili Yevropada eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar qatorida birinchi beshtalikda o‘rin oldi.

Vatan gazetasi: NASAning musobaqasini Van koli fotosurati yutdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Aviatsiya va kosmik agentligi NASA tomonidan uyushtirilgan “Dunyoga sayohat” deb nomlangan online tarzdagi fotosurat musobaqasida, kosmosdan suratga olingan Van ko‘li fotosurati birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Astronot Kate Rubins tomonidan 2016 - yilning sentrabr oyida tushirilgan fotosurat uchun, “Dunyoning eng yirik sodali ko‘llaridan birining bir bo‘limini o‘z ichiga olgan”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Sabah gazetasi: Rus sayyohlar, Turkiyaga bolgan aviaqatnovlarning cheklanishiga norozichilik bildirdi. Rus sayyohlar, dam olish uchun eng ko‘p Turkiyani tanlar ekan aviaqatnovlarning cheklanishi haqidagi xabardan bezovta bo‘ldilar. Ijtimoiy tarmoq orqali e’tirozlariyu norozichiliklarini ifoda etgan sayyohlar, qarorning bekor qilinishini talab qilmoqdalar.

 



Aloqador xabarlar