Matbuot sharhlari 06.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1615716
Matbuot sharhlari 06.04.2021

Haber Türk gazetasi: Erdogandan Montre haqida bayonot. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an 1936 - yilgi Montre konvensiyasining Turkiyaga qo‘shgan hissalariga alohida etibır berganliklari va yana - da yaxshiroq imkon topilgunga qadar bu shartnomaga sodiq qolishlarini qayd etdi. Erdo‘g‘an, kelajakda ehtiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa unda mamlakatni yana - da yaxshiroqqa erishtirish maqsadida har bir konvensiyani ko‘rib chiqishdan chekinmasliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.   

Star gazetasi: Erdogan ikki lider bilan telefon orqali muloqat qildi. Prezident Erdo‘g‘an Kosovaning yangi prezidenti etib saylangan Vosa O‘smani - Sadriu bilan telefon orqali muloqat qilib, tabriklarini yetkazdi. Turk xalqining yangi hukumatning tashkil topishi va Prezident saylash jarayonidagi konstruktiv munosabatiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, ikkala mamlakat o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik va qardoshlik munosabatlarining yangi davrda ham mustahkamlanishiga ishonchi komil ekanini ta’kidladi. Erdo‘g‘anning Qatar Amiri al - Soniy bilan bo‘lgan telefon orqali muloqatida ham o‘zaro va mintaqaviy masalalar qo‘lga olindi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya Rossiya bilan kosmos masalasi ustidan shartnoma tuzishi mumkin. Turkiya Kosmik agentligi yetakchisi Huseyin Yildirim, Rossiya bilan kosmos sohasida hamkorlik shartnomasiga yaqinda qo‘l qo‘yilishi mumkinligini qayd etdi. Yildirim, “Milliy maqsadlarimiz asosida biz belgilab olgan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatyapmiz. Rossiya ham doxil dunyonnig bir necha davlati bilan hamkorlik masalasida faoliyat olib bormoqdamiz va yaqinda, shartnomalarga qo‘l qo‘yishni rejalashtiryapmiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: Turkiya bilan Ozarbayjon ortasida yangi hamkorlik. Vizasiz rejim kuchga kirgan Turkiya bilan Ozarbayjon o‘tasida yangi shartnoma yo‘lga qo‘yilmoqda. Qo‘l qo‘yilgan protokollar orqali sog‘likni saqlash tarmog‘i bosh bo‘lish bilan birga o‘rtoq turizm platformasi tashkil etiladi. Bu shartnoma ikkala mamlakat o‘rtasidagi tashriflar sonini jiddiy ravishda orttiradi.

Sabah gazetasi: Qurolli uchuvchisiz havo vositalaridan keyin navbat uchuvchisiz urush uchogida. Turkiyadan tashqarida uyushtirilgan amaliyotlarda katta rol o‘ynagan, oxirgi marotaba Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ g‘alabasida Armaniston qo‘shiniga og‘ir zarba bergan Turk Qurolli uchuvchisiz havo vositalari ixtirochisi Selchuk Bayraktar yangi loyiha haqida ma’lumot berdi. Bayraktar unda, uchuvchisiz urush uchoqlarining ishlab chiqarilishi uchun ham faoliyatlarning davom etganini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar