Matbuot shahrhlari 29.03.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1610502
Matbuot shahrhlari 29.03.2021

Hürriyet gazetasi: Selchuk Bayraktar: Akinji PT-3 ni ortiqcha yerda ushlab turolmadik. Baykar Texnik direktori Selchuk Bayraktar, ijtimoiy tarmoq hisobidan Akinji PT - 3 ning ilk uchishini muvaffaqiyatli ravishda tamomlaganini ma’lum qildi. Bayraktar unda, “Akinji PT - 3 ni ortiqcha yerda ushlab turolmadik. Bugun ilk uchishini muvaffaqiyatli ravishda tamomladi”. - dedi.

Sabah gazetasi: Anchous eksporti 2021 - yilning ikki oyida 1.8 million dollar daromad olib keldi. Turkiyadan yilning ikki oyida dunyoning 18 davlatiga 1 million 772 ming 458 dollarlik anchous baliqlari (hamsi) eksport qilindi. Bu borada Belgiya, Fransiya va Germaniya eng ko‘p eksport yo‘lga qo‘yilgan davlat ro‘yhatiga kiritildi.

Haber Türk gazetasi: Turk oyinlari yuqori baho oldi. Turklarning Google Playdagi o‘yinlari, o‘yinsevarlaridan 3.94 ball oldi. Eng yuqori ball esa 5 edi. Platformadagi barcha mobil o‘yinlarning o‘rtacha balli esa 3.76 ball bo‘ldi. Bu orqali mahalliy o‘yinlar dunyodagi o‘rtacha bahodan ham yuqori baho oldi.

Yeni Şafak gazetasi: Turk jarroh xususiy taklifga binoan Ozbekistonga borib, 11 nafar bolani operatsiya qildi. (Turkiyaning Chorum viloyatida joylashgan) Hitit nomidagi universitetning Tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosari professor doktor Chagatay Evrim Afsharlar, O‘zbekistonda 11 nafar bolani operatsiya qildi. Afsharlar O‘zbekistonda amalga oshirgan operatsiyalari orqali, o‘zbek shifokorlar bilan o‘z tajribalarini ham bo‘lishdi.  

Star gazetasi: Turkiya - Latviya musobaqasiga tomoshabinlar kiritiladi. 2022 FIFA Jahon kubogi Yevropa qit’asi saralash bosqichi G guruhi musobaqasi ertaga,  30 - mart haftaning seshanba kuni Istanbuldagi “Atatürk” stadionida Turkiya - Latviya jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa uchun statidonning 15 foiziga tomoshabin qabul qilinadi.

 



Aloqador xabarlar