Matbuot sharhlari 23.03.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1606723
Matbuot sharhlari 23.03.2021

Vatan gazetasi: Mevlut Chavushoglu BMTning Kipr masalasi boyicha maxsus vakili bilan uchrashdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, BMT Bosh kotibi Antonio Guterres tomonidan Kipr uchun maxsus tayin qilingan maslahatchisi Jane Holl Lute bilan kecha poytaxt Anqarada uchrashdi. Chavusho‘g‘lu Lute bilan Kipr masalasida aprel oyining oxirida, Shvetsiyaning Jeneva shahrida 5 + 1 formatida uyushtiriladigan norasmiy yig‘ilishning tayyorgarliklarini qo‘lga olganliklarini bildirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Ispaniya Tashqi Ishlar vaziri Laya: “YI, Turkiya bilan ijobiy tusdagi munosabatga ega bolishi kerak”. - dedi. Ispaniya Tashqi Ishlar vaziri Gonzalez Laya, kecha Yevropa ittifoqi Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishi oldidan Yevropa ittifoqi va Turkiya munosabatlarini baholadi va unda YIning Turkiya bilan ijobiy tusdagi munosabatga ega bo‘lishi kerakligini qayd etdi.  

Star gazetasi: Ishsizlik nisbati ma’lum qilindi. Turkiyaning ishsizlik nisbati, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qaramay 2020 - yili 2019 - yilga nisbatan 0.5 ballga kamaygan holda, 13.2 deb qayd etildi.

Hürriyet gazetasi: THY Yevropada birinchi qatordagi ornini saqlab qoldi. Yevropa aeronovigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkilotining (EUROCONTROL) 15 - martdan 21 - martgacha bo‘lgan ma’lumotlariga ko‘ra Turk Havo yo‘llari (THY) bir kunda qayd etgan 670 safari orqali birinchi qatordagi o‘rnini saqlab qolgan. THYni Fransiya Havo yo‘llari Air Frans kuzatgan.

Sabah gazetasi: Turkiya - Niderlandiya musobaqasini Michael Oliver olib boradi. 2022 FIFA Jahon kubogi saralash musobaqasi katta hayajon bilan boshlamoqda. Turkiyaning futbol bo‘yicha Milliy jamoasining 2022 FIFA Jahon kubogi saralash G guruhida Niderlandiya bilan ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yinni ingiliz hakam Michael Oliver boshqaradi.  

 



Aloqador xabarlar