Matbuot sharhlari 26.02.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1591351
Matbuot sharhlari 26.02.2021

Hürriyet gazetasi: Ibrahim Kalin: “Armanistondagi tontarish tashabbusini qoralaymiz”. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Kalin, Armanistondagi to‘ntarish tashabbusini qoralaganliklarini bildirdi. Kalin, kecha ijtimoiy tarmoq hisobida qoldirgan postida, “Armanistondagi to‘ntarish tashabbusini qoralaymiz. To‘ntarishlar har doim demokratik jarayonlarni bo‘lib, tartibsizlikka yo‘l ochdi. Armanistonda jarayonning tezlik bilan o‘z o‘rniga tushishini tilaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Yevropa ittifoqini yana bir bor ogohlantirdi: “Turkiya bilan hamkorlik qilinishi kerak”. Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Piter Sijyarto, Yevropa ittifoqining muhojirlar masalasida Turkiya bilan hamkorlik qilishi kerakligini, aks holda Yevropa ittifoqining jiddiy xavfsizlik muammosiga duch kelishi mumkinligini bildirdi.

Sabah gazetasi: THY, bir kunda ortacha 603 qatnov orqali Yevropadagi liderligini davom ettirdi. Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL) 18 - fevraldan 24 - fevralgacha bo‘lgan qatnov natijalariga ko‘ra, Turk havo yo‘llarining bir kunda o‘rtacha 603 qatnov yo‘lga qo‘yganini va bu orqali yevropalik raqiblarini ortda qoldirganini ma’lum qildi.

Haber Türk gazetasi: Gul eksporti 19 foizga osdi. Turkiya tomonidan 1 - yanvardan 21 - fevralgacha yo‘lga qo‘yilgan gul eksporti, o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 19 foizga ortgan holda, 23 million 752 ming dollarga yetdi.

Vatan gazetasi: Turkiyadan ajoyib harakat! Birinchi marotaba ma’lum boldi, e’tiborlarni oziga qaratdi... Prezidentlik apparati Mudofaa sanoati rahbarligi loyihasi orqali TUSAŞ tomonidan ishlab chiqarilgan “Atak” vertolyotining birinchisi Milliy Politsiya idorasiga tantanali ravishda topshirildi. Mudofaa sanoati rahbari Ismoil Demir, “Atak” vertolyotida Faz - 2 konfiguratsiya ishi bilan birga elektronik harb va qarshi tadbir qobiliyatining maksimal darajaga yetganini qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar