Matbuot sharhlari  24.02.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1589812
Matbuot sharhlari  24.02.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya koronavirusga qarshi emlash bo’yicha dunyoda 7-o’rinda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, dunyoda global pandemiyaga qarshi emlash jarayoni 13 dekabrda boshlandi. Turkiyada esa 14 yanvardan boshlab koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Turkiya shu kungacha dunyoda koronavirusga qarshi eng ko’p vaksina qabul qilgan 7-davlat sifatida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini ortda qoldirdi. 14 yanvardan buyon Turkiyada 6.5 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu jami aholining 7.75 foizini tashkil qiladi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyadan tayyormiz so’zi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkmaniston tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazish uchun Turkiya zimmasiga tushgan mas’uliyatni bajarishga tayyorligini bildirdi.

 

Sabah gazetasi: “Turk aviatsiya tarixida rekord” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning birinchi milliy qurolli droni “Bayraktar TB2” 300 ming soat parvozini muvaffaqiyatli yakunlab, Turk aviatsiya tarixida yangi rekordni qo’lga kiritdi. Natijada ushbu rusumdagi havo vositalari ichida osmonda eng ko’p vaqt parvoz qilgan milliy havo vositasi sifatida tan olindi. To’xtovsiz 300 ming soat parvoz qilish qobiliyatiga ega bo’lgan qurolli dron 34 yil tinimsiz uchish kuchiga ega.

 

Star gazetasi: “Turkiya ko’magida harbiy kema quradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Hindiston davlat kemasozlik zavodi Turkiyadan texnologiya ta’minlash orqali dengiz floti uchun kema qurish uchun tayyorgarlikni boshladi. Mazkur loyihaning qiymati 1.5 yoki 2 mlrd dollarga teng.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyaga sayohat uchun tur paketi savdosida ortish kuzatildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Britaniyada 8 martdan boshlab normal hayotga qaytish rejasi joriy etilishi bilan xorijda dam olish uchun tur operatorlaridan ta’til sotib olish hajmi 630 foizga oshdi. Ma’lumotga ko’ra, britaniyaliklarning aksariyati dam olish uchun Turkiyani afzal ko’rmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar