Matbuot sharhlari 19.02.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1586815
Matbuot sharhlari 19.02.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Prezident Erdo’g’an Putin bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 18 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog’ida Tog’li Qorabog’, Suriya va Liviyadagi o’zgarishlar shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Erdo’g’an Tog’li Qorabog’da sulh bitimi doimiyligini saqlab qolish uchun tomonlar mushtarak g’ayrat ko’rsatishi zarurligini ta’kidladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Vitse-prezident Fuat O’ktay: Turkiyaga ishongan investorlar yutuqli bo’ladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay oxirgi oylarda Turkiyaga xorijiy kapital ishtirokida 15 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritilganligini ma’lum qildi.

“Iqtisodiyot va investitsiyani to’g’ridan qiziqtirgan huquqiy islohotlar kun tartibimizga kiritilgan. Turkiyaga ishongan investorlar shu kungacha bo’lganidek, bundan keyin ham yutuqli bo’lishda davom etadi”,-dedi Fuat O’ktay.

 

Xabar turk gazetasi: “Mahalliy avtomobil zavodida muhim yangilik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Bursa viloyatida qurilishi davom etayotgan mahalliy avtomobil zavodining bo’yoqxona, energiya va markaziy binolarining poydevor qurilishi tamomlandi.

 

Sabah gazetasi: “Turk kargo tashuvchi robotlar Dubayga otlanmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, pandemiya sharoitida kargo shirkatlariga talab tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan Istanbulda joylashgan “Delivers.ai” firmasi sun’iy zakoga ega bo’lgan kargo tashuvchi robotlarni ishlab chiqarmoqda.

Ushbu robotlar yaqinda Dubayning Silikon vodiyida taom buyurtmalarini xaridorga yetkazib berishda qo’llaniladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar