Matbuot sharhlari 18.02.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1586156
Matbuot sharhlari 18.02.2021

Haber Türk gazetasi: Erdogan: “Mart oyidan boshlab bosqichma - bosqich oddiy hayot sharoitiga qaytamiz”. - dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida, bosqichma - bosqich oddiy hayot sharoitiga o‘tish masalasiga to‘xtalgan holda, “Viloyatlarimizni Sog‘likni Saqlash vazirligi tomonidan belgilangan shartlarga muvofiq 4 guruhga ajratib, mart oyidan e’tiboran bosqichma - bosqich oddiy hayot sharoitiga o‘tish jarayonini boshlatyapmiz. Bunga ko‘ra viloyatlarimizni kam, o‘rta, yuqori va judayam yuqori xavf kategoriyasida jamlaymiz. Oddiy hayot sharoitiga qaytish taqvimini ham shunga ko‘ra olib boramiz”. - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Britaniya matbuoti Turk Qurolli Uchuvchisiz havo vositasiga maqtov yogdirdi. Britaniya matbuoti Turk Qurolli Uchuvchisiz havo vositasini kun tartibiga olib chiqishni davom ettirmoqda. Telegraph gazetasi, ayniqsa Ozarbayjon tomonidan Tog‘li Qorabog‘da qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatning ortida Turkiyaning Qurolli Uchuvchisiz havo vositasi borligini qayd etdi.

Star gazetasi: Gretsiya, insonlarga qarshi jinoyatga qol urishni davom ettirmoqda. Milliy Mudofaa vazirligi Gretsiya tomonidan telefonlari va pullari olib qoyilgan, zo‘rovonlik bilan noqonuniy yo‘llar orqali Turkiyaga deportatsiya qilishga urinilgan va muzlash xavfi ostida qolgan muhojirlarning qutqarilganini bildirdi.  

Sabah gazetasi: Transport va infratuzilma vaziri Karaismailogludan Türksat 5A bayonoti. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu kosmosga uchirilgan Türksat 5A haqida bergan bayonotida, “Sun’iy yo‘ldoshimizning barcha quyi tizimlari muammosiz ravishda ishlamoqda. U orbitasiga yetib borgach, orbita test qilinadi. Iyun oyidan e’tiboran taslim olinib, ishlay boshlaydi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Hürriyet gazetasi: Turkiya yanvar oyida eng kop xalqaro transfer qayd etgan dunyoning tortinchi davlati boldi. Turkiya futbolda 2021 - yilgi transfer davrida eng ko‘p xalqaro transfer yo‘lga qo‘ygan dunyoning to‘rtinchi davlati bo‘ldi. FIFA hisobotiga ko‘ra bu davrda Ispaniya 145, Portugaliya 143, Britaniya 140, Turkiya 123 xalqaro transferga qo‘l qo‘ydi.   

 

 



Aloqador xabarlar