Matbuot sharhlari 16.02.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1584602
Matbuot sharhlari 16.02.2021

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdogan AQShni tanqid qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha bergan bayonotida, PKK terror tashkiloti tomonidan Iroqning shimolidagi Gara mintaqasida, 13 nafar Turk fuqarosining shahid qilinishiga hech qanday munosabat bildirmagan Amerika Qo‘shma Shtatlariga (AQSh) e’tiroz bildirib, “Xo‘sh, siz PKKning, YPGning, PYDning yonida emasdingiz. Ochiq - oydin, ular yonida va orqasidasiz”. - dedi.  

Star gazetasi: AQShning Anqaradagi elchisi Satterfield, Tashqi Ishlar vazirligiga chaqirildi. Tashqi Ishlar vazirligi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) PKK terror tashkiloti qatliomi haqidagi bayonotiga qarshi e’tirozning “eng keskin ravishda” yetkazilganini bildirdi. Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, “AQSh elchisi David Satterfield vazirligimizga chaqirilib, e’tirozimiz eng keskin ravishda yetkazildi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi. (AQSh Davlat departamentidan Iroqning Gara mintaqasida PKK terror tashkiloti tomonidan 13 nafar Turk fuqarosining shahid qilinishi haqidagi bayonotda, Turk fuqarolarining PKK terror tashkiloti qolida olgani haqidagi ma’lumot agar togri bolsa unda bu harakatni keskin qoralaymiz”. - degan ifodalarga orin bergandi. )

Sabah gazetasi: Mevlut Chavushoglu amerikalik kasbdoshi Blinken bilan uchrashdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha amerikalik kasbdoshi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqat qildi. O‘zaro munosabatlar va terrorizmga qarshi kurash masalalari qo‘lga olingan uchrashuvda Blinken Chavusho‘g‘luga, shahid qilingan 13 nafar Turk fuqarosi uchun ta’ziya izhor etib, bundan PKK terror tashkilotini javobgar deb topdi.

Vatan gazetasi: Milliy razvedka tashkilotidan FETO amaliyoti. Qochib yurgan Fetullahchi terror tashkiloti (FETÖ) a’zolaridan Gurbuz Sevilay va Tamer Avji, Milliy razvedka tashkiloti amaliyoti orqali O‘zbekistondan Turkiyaga olib kelindi. Gurbuz Sevilayning Iroq va Suriyada PKK/ KJK - PYD/ YPG - SDG terror tashkilotiga qurol yetkazib bergani va tashkilot yetakchilari bilan uchrashgani aniqlandi.

Haber Türk gazetasi: Mesut Ozil qol qoygan forma rekord ornatdi. Mesut O‘zilning Fenerbaxchega transfer qilinishi ortidan uyushtirilgan qo‘l qo‘yish marosimida maxsus tayyorlangan va O‘zil tomonidan qo‘l qo‘yilgan 3 ta forma jami 36 ming 50 yevroga sotildi. Chiziqli forma, 26 ming yevro bilan Matchwornshirt  saytidan bugungacha sotilgan formalar orasidan eng qimmat bahoga sotilib, rekord o‘rnatdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar