Matbuot sharhlari 29.01.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1573578
Matbuot sharhlari 29.01.2021

Sabah gazetasi: Milliy Xavfsizlik kengashi (MXK) Turkiyaning Egey, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Kiprdagi haqlarini himoya qilishda qarorli. 2021 - yilning birinchi Milliy Xavfsizlik kengashi (MXK) yig‘ilishi Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida bo‘lib o‘tdi. MXK deklaratsiyasida Turkiyaning Egey, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Kiprdagi haqlarini xalqaro huquq asosida himoya qilishda qarorli ekani ta’kidlandi. Deklaratsiyada, “Mintaqadagi eng asosiy barqarorsizlik manbai bo‘lgan terror tashkilotlarining Turkiyaning janubiy chegarasidagi qo‘shnilari tuprog‘idagi o‘rnining butunlay yo‘q qilinishi doirasida tashlangan qadamlar ham qo‘lga olindi, masalaga aralashgan barcha xalqaro tashkilotlar, zimmasiga tushgan javobgarchiliklarini bajarishga chaqirildi”. - deyildi.

Vatan gazetasi: Vaksinaning 3.5 million dozalik ikkinchi qismi Istanbulda. Turkiyaning Xitoydan xarid qilib olgan koronavirusga qarshi vaksinalarini yurtga olib kelish faoliyatlari davom etmoqda. Roppa - rosa 10 million dozalik vaksinaning ikkinchi qismi ham bugun ertalab Turkiyaga olib kelindi. Xitoydan buyurtma berilgan vaksinalarning birinchi qismi 2020 - yilning 30 - dekabri kuni Turkiyaga olib kelinar ekan 14 - yanvar kuni tibbiy xodimlar ustida emlash ishlari boshlagandi.

Yeni Şafak gazetasi: Mahalliy vaksina yana - da xavfsiz boladi. Turk olimlar ishlab chiqarayotgan mahalliy vaksinaning, yangi turdagi koronavirusga (Covid - 19) ga qarshi ta’siri va xavfsizlik nisbatining yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi. Turkiya ilmiy texnologik tadqiqotlar kengashi TÜBİTAK rahbari Hasan Mandal, mahalliy vaksina faoliyatlari haqidagi so‘zlarida, “Bu vaksinalar chet eldagilar bilan bir xil emas, virusga qarshi ta’siri va xavfsizlik nisbati yana - da yuqori bo‘ladi”. - dedi.

Star gazetasi: Britaniya, Turkiya bilan hamkorlik qilishda qarorli. Britaniyaning Anqara elchisi Dominik Chilkott, yurtining mudofaa tarmog‘ida Turkiya bilan hamkorlik qilish va mudofaa sanoati tarmoqlarida birgalikda faoliyat olib borishda qarori qat’iy ekanini bildirdi. Britaniyalik elchi, har ikkala mamlakatdagi shirkat va iste’molchilarning bir - biri mahsulotini xarid qilib olish masalasida katta istak egasi ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.   

Haber Türk gazetasi: Dunyoning eng xavfsiz shaharlari royhatida Turkiya nomidan 6 ta shahar kiritildi. Tadqiqot firmasi Numbeo, 2020 - yilning eng xavfsiz shaharlarini ma’lum qildi. Turkiya nomidan ham 6 shahar kiritilgan ro‘yhatda Eskishahar 82.45 bal bilan sakkizinchi o‘rinda o‘rin olmoqda. Turkiyadan Antaliya, Izmir, Anqara, Istanbul ham eng xavfsiz shaharlar ro‘yhatiga kiritildi.



Aloqador xabarlar