Matbuot sharhlari 25.01.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1570488
Matbuot sharhlari 25.01.2021

Vatan gazetasi: Dengiz patrullik xizmati uchogi birinchi parvozini amalga oshirdi. Harbiy - dengiz kuchlari qo‘mondonligi inventarizatsiyasiga kiritilgan TCB - 751 quyruq raqamiga ega P - 72 dengiz patrullik xizmati uchog‘i kecha birinchi parvozini amalga oshirdi. Ortidan Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar uchoqda tekshiruv ishlari yuritdi. Akarga Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi general Yashar Guler va Quriqlik kuchlari qo‘mondoni general Umit Dundar hamrohlik qildi.      

Yeni Şafak gazetasi: Fatih Donmez ma’lum qildi. “Fatih” burgulash kemasi yangi bekatida. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez kecha bergan bayonotida, “Fatih” burg‘ulash kemasining Qora dengizdagi yangi bekati “Türkali - 2” qudug‘iga yetib borganini bildirdi. Do‘nmez, “Kemamiz, tayyorgarliklar ortidan Sakariya gaz sohasidagi faoliyatlarini boshlaydi. Qora dengizning Fatihi, o‘z faoliyatlarini uzluksiz davom ettirmoqda”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Star gazetasi: Qora dengizning 2020 - yilgi eksportida Trabzon yetakchi orinda. Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, Qora dengizdagi 18 viloyatdan o‘tgan yili 4 milliard 486 million 225 ming 629 dollarlik eksport yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tashqi savdoda 1 milliard 60 million 807 ming 778 dollarlik poyi bilan mintaqa eksportining 24 foizini ta’minlagan Trabzon birinchi qatorda o‘rin oldi.

Haber Türk gazetasi: Demirjining qolda toqilgan qilamchasi, Uzoq Sharq bozoriga kira boshladi. Turkiyaning Manisa viloyatining Demirji tumanida qo‘lda to‘ilgan gilamchalar ichki bozor va Yevropa davlatlari ortidan endilikda Xitoy va Yaponiya bozoriga yuborila boshladi.

Hürriyet gazetasi: Mesut Ozil rasmiy ravishda Fenerbaxche klubida. Fenerbaxche, Mesut O‘zil bilan 3.5 yillik shartnomaga qo‘l qo‘yganini ma’lum qildi. Jamoa Mesut O‘zilning kelishini, “Orzular amalga oshdi” degan sarlavha bilan ovoza qildi.

 

 



Aloqador xabarlar