Matbuot sharhlari 15.01.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1564332
Matbuot sharhlari 15.01.2021

Vatan gazetasi: Prezident Erdogan koronavirusga qarshi vaksina qabul qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an poytaxtdagi shahar kasalxonasida yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksina qabul qildi. Erdo‘g‘an ushbu protsedura ortidan bergan  bayonotida: “Muvaffaqiyatli ravishda davom etgan vaksina dasturimiz asosida bugungacha 254 ming tibbiy xodimimiz birinchi dozalarini qabul qildi. Men ham ularga qo‘shilib, vaksina qabul qildim. Xudo xohlasa, qisqa vaqtda yurttoshlarimizning hammasining qabul qilishini rejalashtirmoqdamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi. Prezident, siyosatchilarni ham vaksina qabul qilishga chaqirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Kuleba: Turkiya qollab - quvvatlamay, imkonsiz. Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Dmitro Kuleba, Liviyada ushlab turilgan ukrainalik dengizchilarning o‘z yurtlariga qaytishlari haqida: “Shuni aniq ayta olamanki, turk sheriklarimiz qo‘llab - quvvatlamay, amaliyotning muvaffaqiyatli tamomlanishi imkonsiz”. - dedi.

Sabah gazetasi: Washington Timesdan ajoyib tahlil! Turk qurolli uchuvchisiz havo vositalari katta muvaffaqiyatga imzo chekmoqda. AQShning Washington Times gazetasi, Turk qurolli uchuvchisiz havo vositalarining muvaffaqiyatini qo‘lga olgan mazmunli tahlil chop etdi. Ozarbayjonning Armanistonga qarshi qo‘lga kiritgan Tog‘li Qorabog‘ g‘alabasida alohida rol o‘ynagan “Bayraktar TB2” ning texnologik ustivorligi haqida gap ketgan tahlilda, Turk qurolli uchuvchisiz havo vositalarining global miqyosda barcha urushning ketishini o‘zgartira oladigan kuchda ega ekani ifoda etildi.  

Hürriyet gazetasi: Istanbul aeroporti, “Dunyonnig eng nufuzli aeroportlari” sorovnomasiga nomzod korsatildi. Istanbul aeroporti, “Travel and Leisure” jurnali tomonidan uyushtirilgan “Dunyoning eng yaxshi 10 xalqaro aeroporti” so‘rovnomasida, xalqaro aeroportlar bilan kuch sinashmoqda. Ushbu jurnal obunachilari tomonidan ovoz berilgan so‘rovnomada, ovoz berish uchun "https://wba.m-rr.com/home" saytiga kirib, tegishli bosqichlarni kuzatish lozim.

Star gazetasi: THY Yevropa choqqilarida. Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL) chop etgan ma’lumotlarga ko‘ra Turk havo yo’llari THY 13 - yanvar kuni, 543 safar bilan Yevropaning cho‘qqisida o‘rin oldi.

 



Aloqador xabarlar