Matbuot sharhlari 14.01.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1563463
Matbuot sharhlari 14.01.2021

 

Vatan gazetasi: “Erdo’g’an: Milliy messenjer kompaniyamizni tashkil qilamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an mamlakatning milliy poydevorini har sohada mustahkamlashga bo’lgan ishonchini tilga oldi. Erdo’g’an kecha prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan tadbirda xalqaro messenjer kompaniyalari siyosatiga to’xtaldi. “Umid qilamanki, o’zimizga oid milliy va mahalliy messenjer kompaniyamizni tashkil qilamiz”,-deb aytgan Erdo’g’an.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya, Pokiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Islomobodda uchrashdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Pokiston poytaxti Islomobodda o’tkazilgan Turkiya-Ozarbayjon-Pokiston uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari yig’ilishidan so’ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Yig’ilishda bir qator sohada hamkorlik qilishga kelishib oldik. Xususan, xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni oshirish yo’lida shaxdam qadam tashlashga qaror qildik”,-deb aytgan Mavlud Chavushog’li.

 

Xabar turk gazetasi: “Putindan Erdo’g’anga qo’ng’iroq” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Putin muloqot chog’ida, Moskvada Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida Kreml saroyida bo’lib o‘tgan uchrashuv tafsilotlari haqida Turkiya prezidenti Erdo’g’anga ma’lumot berdi. Shu bilan birga, prezidentlar Tog’li Qorabog’dagi vaziyatni nazorat qilish, shu maqsad bilan tuzilgan Turkiya-Rossiya qo’shma markazi faoliyatlari bo’yicha fikr almashdilar.

Bundan tashqari, Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, savdo portfelini yana-da kengaytirish, investitsiya loyihalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va energetika sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish lozimligini qayd etdilar. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

 

Star gazetasi:“Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja koronavirusga qarshi emlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiyada koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasini emlash boshlandi. Poytaxt Anqaradagi Shahar shifoxonasida Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja birinchilardan bo’lib koronavirusga qarshi emlandi. Fahriddin Ko’ja barchani koronavirusga qarshi vaksina qabul qilishga chaqirdi.

“Chunki, bu kasallikdan qutulishning birgina yo’li vaksinadir. Normal hayotimizga qaytishimiz uchun mutlaqo emlanishimiz shart”,-dedi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri.

 

Hurriyat gazetasi:“Noyabr oyida sanoat ishlab chiqarish hajmi oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank Turkiya noyabr oyida sanoat ishlab chiqarish quvvatini yuqori bosqichga ko’targan davlatlardan biri bo’lganini ma’lum qildi.

Koronavirusning global miqyosda tarqalishi va jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri bilan bog‘liq murakkab sharoitga qaramay, sanoat ishlab chiqarishimiz yilda 11 foiz, oyda 1.3 foiz ortish ko’rsatdi. Maqsadimiz bu o’sishni 2021 yilda ham davom ettirishdir”,-dedi Turkiya sanoat va texnologiya vaziri.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar