Matbuot sharhlari 13.01.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1562823
Matbuot sharhlari 13.01.2021

Sabah gazetasi: Erdogan, Yevropa ittifoqi elchilari bilan bolib otgan yigilishda muhim bayonotlar berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning Anqaradagi elchilari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Gretsiyani taranglikni orttirishdan voz kechishga chaqirdi va bu haqida: “Sharqiy O‘rta yer dengizini raqobat sohasiga emas, uzoq muddatli manfaatimizga xizmat qiladigan hamkorlik hovuziga aylantirishimiz darkor”. - dedi.

Haber Türk gazetasi: Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushogludan Yevropa ittifoqi haqida bayonot. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavudho‘g‘lu kecha Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning Turkiyadagi elchilari bilan uyushtirilgan yig‘ilishda ishtirok etdi va unda, “Islohot kun tartibida qarorimiz qat’iydir. Yevropa ittifoqi bizni qo‘llab - quvvatlashi lozim. Kelajagimizni Yevropada tasavvur qilyapmiz va buni birgalikda yaratish niyatidamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: Milliy vertolyot motori muvaffaqiyatli ravishda ishga tushirildi. Birinchi mahalliy vertolyot “Go‘kbey” (Gökbey) ga joylashtiriladigan milliy vertolyot motori TEI-TS1400 ning birinchi prototipi “TS3” ortidan “TS4” ham muvaffaqiyatli ravishda ishga tushirildi.

Star gazetasi: Turkiyaning meva omborxonasi Sharqiy Orta yer dengizi sitrus mevalari eksportida rekord ornatdi. Turkiyaning sitrus mevalari eksportining 71 foizi yo‘lga qo‘yilgan mamlakatning Mersin, Hatay va Adana viloyatidan o‘tgan yili 661 million 787 ming dollarlik sitrus mevalari eksport qilindi.

Hürriyet gazetasi: Avvalom bor Hakan Chalxanoglu, endilikda Yusuf Yaziji. Turk fotbolchilar Yevropada muvaffaqiyat qo‘lga kiritishni davom ettirmoqda. Italiyada Hakan Chalxano‘g‘luning dekabr oyining futbolchisi mukofatiga sazovor deb topilishi ortidan bu gal Yusuf Yaziji, Fransiya kun tartibida. Fransiya 1 - Futbol ligasi jamoalaridan Lilleda forma kiygan milliy futbolchi, Milliy professional futbolchilar ittifoqi (UNFP) tomonidan dekabr oyining futbolchisi mukofatiga nomzod etib ko‘rsatildi. Dekabr oyi futbolchisi, ittifoqning internet sayti orqali berilgan ovozlar yordamida tanlab olinadi.

 



Aloqador xabarlar