Matbuot sharhlari 11.01.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1561265
Matbuot sharhlari 11.01.2021

Sabah gazetasi: Yevropa ittifoqi muloqatni davom ettirishga tayyor. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Yevropa ittifoqi komissiyasi raisi Ursula von der Leyen o‘rtasida bo‘lib o‘tgan videomuloqatning akslari davom etmoqda. Yevropa ittifoqining Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati Oliy vakili Josep Borrel, Turkiya bilan muloqat uchun faoliyatni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ham “Samimiy va natija olishga e’tibor qaratilgan muloqat uchun Bryusselga tashrif uyushtirishni sabrsizlik bilan kutyapman”. - degan ifodalarga o‘rin berdi. Chavusho‘g‘luning 21 - yanvarda Bryusselga borishi kutilmoqda.

Haber Türk gazetasi: Turkiya Qirgizistondagi saylovlarning tinch va totuv muhitda otganidan xursand. Tashqi Ishlar vazirligi Qirg‘izistonda uyushtirilgan muddatidan oldingi prezidentlik saylovi bilan mamlakatni boshqaruv shaklini aniqlab olish uchun uyushtirilgan referendumning tinch va totuv muhitda tamomlanganidan xursandligini bildirdi. Bu haqida, “Turkiya, Qirg‘izistondagi demokratiya jarayonining inklyuzivlik va ijtimoiy kelishuv asosida natijalanishi uchun tashlanadigan qadamlarni qo‘llab - quvvatlaydi”. - deyildi. Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovida, noaniq natijalarga ko‘ra ovozlarning 79.18 foizini olgan sobiq Bosh vazir Sadir Japarovning yutuqqa erishgani ma’lum qilingandi.

Star gazetasi: Turkiya bilan Ukraina ortasida mudofaa loyihasi. Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Andrey Sibixa, Turkiya va Ukraina o‘rtasida mudofaa tarmog‘ida 30 dan ortiq loyiha yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. “Bayraktar TB2” rusumidagi uchuvchisiz havo vositasi tizimlari xarid qilib olgan birinchi chet davlatlardan biri ekanliklarini ta’kidlagan elchi, “Har ikki tomon ham Ukraina motorlarining Turkiyada ishlab chiqarilishi bilan bir qatorda Turk uchuvchisiz havo vositalarining Ukrainada ishlab chiqarilishi masalasida uchrashuvlar olib bormoqda”. - dedi.  

Yeni Şafak gazetasi: Sanoat eksporti, otgan yilni rekord bilan tamomladi. Turk sanoat tarmog‘i yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining salbiy ta’siriga qaramay o‘tgan yilni 13 milliard 308 million 486 ming dollarlik eksport bilan 2020 - yilning eng yuqori tashqi savdosiga erishdi. Turkiyaning sanoat eksporti 2020 - yili, 2019 - yilning noyabr oyiga nisbatan 9, dekabr oyiga ko‘ra esa 15.8 foizlik o‘sish qayd etdi. Dekabr oyida eng ko‘p eksport ortishi mudofaa va aviatsiya tarmogda kuzatildi.

Hürriyet gazetasi: Milliardlik EXPO Gollivudga raqib. Antaliyada 1.8 milliard liraga qurilgan EXPO maydoni yirik film platosiga aylanib Gollivudga raqib bo‘lmoqchi. Taniqli rejissyor Gay Richi va mashhur aktyor Jeyson Stetxemni uchrashtiruvchi jangovar filmi “Besh ko‘z” (Five Eyes) Antaliyada suratga olinadi. Filmni suratga olish jarayoni uchun aktyor va aktrisalar yaqinda Antaliyaga kelishadi. Jarayon 8 - fevraldan e’tiboran boshlaydi.  

 



Aloqador xabarlar