Matbuot sharhlari 06.01.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1558414
Matbuot sharhlari 06.01.2021

 

Sabah gazetasi: “Mahalliy vaksina bo’yicha xushxabar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja koronavirusga qarshi mahalliy vaksina ishlab chiqarish faoliyatlari davom etganligini, uchta vaksina insonlarda sinab ko’riladigan bosqichga yetib kelganligini ma’lum qildi.

“Mamlakatimizning ilmiy kuchi va texnik imkoniyatlari, olimlarimizning g’ayrat va shijoati bizga eng yaxshi vaksinani yetkazib beradi. Men bunga ishonaman”,-deb aytgan sog'liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja.

 

Vatan gazetasi: “Akar: Gretsiya bilan diplomatik muloqot o’rnatish tarafdorimiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiyaning Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar bo’yicha siyosati oshkora va shaffof ekanligini ta’kidladi.

“Biz xalqaro huquq tarafdorimiz. Ikki tomonlama bitimlar joriy etilishini kutib qolamiz. Bu jihatdan yaxshi qo’shnichilik munosabatlariga katta ahamiyat beramiz. Muammolar tinch yo’l bilan hal qilinishi kerak. Mojarolarga siyosiy yechim topish zarurligiga ishonamiz”,-deb aytgan Hulusi Akar.

 

Star gazetasi: “Atmaja qanotli dengiz raketasi xizmatga tayyor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiyaning dastlabki qanotli dengiz raketasi eng mashaqqatli sinovlardan muvaffaqiyatli o’tib, xizmatga tayyor holatga keldi. Dunyodagi nushalaridan ustun xususiyatga ega bo’lgan Atmaja dastlab 2019 yilda 14-Xalqaro mudofaa sanoati ko’rgazmasida namoyish qilingandi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Xavfsizlik kafolati bo’lgan turk askari bir yildan buyon Liviyada” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Liviyaning milliy kelishuv hukumati bilan 2019 yil 27 noyabrda imzolangan harbiy kelishuvning Turkiya parlamentida tasdiqlanishi ortidan o’tgan yilning 8 yanvar oyida turk qo’shini bo’linmalari Liviyaga yetib bordi. Turk askari Liviyaga qadam bosishi bilanoq u yerdagi xavfsizlikning kafolati bo’ldi. O’tgan bir yil mobaynida 4 mingdan ortiq Liviya askarining malakasini oshirishga hissa qo’shdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar