Matbuot sharhlari 30.11.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1536892
Matbuot sharhlari 30.11.2020

Star gazetasi: Erdogan, Quddus va Falastin haqidagi fikrlarini dunyoga bayon etdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya sifatida barcha platformalarda Quddus da’vosini qo‘llab – quvvatlashlarini, falastinliklarga qarshi ishg‘ol, zulum va qatliom siyosatlarining bas qilinishi uchun bor kuchi bilan kurashganliklarini ma’lum qildi. Erdo‘g‘an, “Birlashgan Millatlar tashkiloti qarorlari va Arab tinchlik tashabbusi asosida 1967 – yilgi chegaralarda, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil, bir va erkin Falastin davlati tashkil topishiga qadar bu kurashimizni davom ettirishda qarorimiz qat’iydir”. – dedi.  

Vatan gazetasi: Turkiyaning mahalliy vaksinasi, BioNTech va Moderna bilan bir xil. Turkiyada birinchi marotaba RNA asosida yangi genetik texnologiyadan foydalangan holda ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina mamlakatdagi Selchuk universiteti qosihdagi Tibbiy genetika fakultetida ishlab chiqarilmoqda. Iyun oyida boshlatilgan vaksina ishlab chiqarish faoliyatlari, hayvonlar ustida sinab ko‘rish bosqichiga yetib keldi. BioNTech va Moderna firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina bilan bir xil xususiyatga ega mahalliy vaksina yoz oylarida insonlarning foydalanishiga topshiriladi.

Haber Türk gazetasi: 1915 Chanoqqal’a koprigining balandligi, Eyfel minorasi balandligidan oshdi. Chanoqqal’a bo‘g‘ozining Yevropa va Osiyo tomonlarini birlashtiradigan “1915 Chanoqqal’a ko‘prigi” oyoqlarining balandligi, Fransiya poytaxti Parijning ramzi hisoblangan 300 metrlik Eyfel qal’asi balandligidan oshdi. Tamomlanganida dunyoning eng buyuk o‘rtacha ochiqlikdagi osma ko‘prigi unvoniga ega bo‘ladigan ko‘prikning, qurilishi tamomlangan oyoqlarining balandligi 318 metrga yetdi.  

Hürriyet gazetasi: Birja Istanbulda yangi rekordlar kutilmoqda. Birja Istanbul 100 indeksi, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning “Iqtisodiyotda yangi davr” degan bayonoti ortidan noyabr oyida ketma – ket 4 hafta ko‘tarildi. O‘tgan hafta rekord o‘rnatgan BIST 100 indeksi, tarixiy yuqori saviyasini 1.351,65 ballga tashidi. Mutaxassislar, “BIST 100 indeksidagi ijobiy natija” yana ortadi degan fikrda.

Yeni Şafak gazetasi: “Dirilish Ertugrul” seriali, musulmonlarning tasavvur qilish kuchini takror jonlantirdi. “Dirilish Ertug‘rul” serialining dunyo telekanallaridagi kuchi haligacha duv – duv gap. Dunyoning 72 ta davlatida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi TRTning mashhur seriali Falastin, Pokiston, Osiyo, Afrika kabi dunyoning bir necha mintaqasida insonlarning kundalik hayot sharoiti ichiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Middle East Eye saytida o‘rin olgan bir ma’lumotda, butun dunyodagi musulmonlarning tasavvur qilish kuchining takror jonlanishiga ijobiy hissa qo‘shgani qo‘lga olingan.



Aloqador xabarlar