Matbuot sharhlari 02.10.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1501650
Matbuot sharhlari 02.10.2020

Yeni Şafak gazetasi: Erdogan: “Butunlay tinchlik ornashi uchun armanlar, bosib olgan Ozarbayjon tuprogining har bir qarishini tark etishi kerak.” Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an TBMMning 2 oylik dam olish ortidan takror o‘z ishini boshlashi munosabati bilan uyushtirilgan ochilish marosimida so‘zlagan nutqida, Ozarbayjon – Armaniston to‘qnashuviga to‘xtaldi. Erdo‘g‘an unda, “Bu mintaqada tinchlikning butunlay o‘rnashi uchun armanlar bosib olgan Ozarbayjon tuprog‘ining har bir qarishini ham tark etishi kerak. Armaniston yetakchiligini, hmamasini bir chetga qo‘yib Turkiyaga tuhmat qilish say – harakati ham qutqara olmaydi. Bu qaroqchi davlatni (Armaniston) qo‘llab – quvvatlaganlarni, insonlikning mushtarak vijdoni oldida hisob berishi borasida ogohlantiraman.” dedi.

Hürriyet gazetasi: TBMMga taklif qilingan yagona elchi. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop Ozarbayjonning Anqaradagi elchisi Hazar Ibrahimni, TBMMning 2 oylik dam olish ortidan takror o‘z ishini boshlashi munosabati bilan uyushtirilgan ochilish marosimiga taklif qildi. Ibrahim, ochilishga taklif qilinib, ishtirok etgan yagona elchi bo‘ldi. Boshqa davlatlarning elchilari koronavirus pandemiyasi tufayli taklif qilinmadi.

Vatan gazetasi: Italiya Turkiya haqida bayonot berdi va unda Turkiyaning, Italiyaning voz kechilmas ittifoqi ekani qayd etildi. Italiya Tashqi Ishlar vaziri Luigi Di Maio, Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizi va mintaqasida barqarorlik uchun voz kechilmas ittifoq va NATO tarkibidagi muhim a’zo ekanining unitilmasligi kerakligini bildirdi.

Star gazetasi: Fatih Donmez: “Dengizlarimizda ‘Qonuniy’ davri boshlayapdi.” Energiya va tabbiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez, Qonuniy burg‘ulash kemasi haqida post qoldirdi. Farih Do‘nmez unda, “Dengizlarimizda Qonuniy davri boshlayapdi. Qonuniy, Haydarpasha portida bo‘g‘ozdan o‘tish uchun tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 10 – oktabr kuni Tashuju portidan yo‘lga chiqadi.” dedi.   

Sabah gazetasi: Rus shirkati Moskva – Istanbul qatnovlarini boshladi. Russiyaning Nordwind havo yo‘li shirkati, Moskva – Istanbul qatnovlarini boshlatdi. IGA tomonidan rasmiy Twitter hisobi orqali berilgan bayonotda, Nordwindning “Boeing 737 – 800” rusumidagi uchoqlar orqali Istanbul aeroportiga haftaning har kuni safar uyushtirishini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar