Matbuot sharhlari 16.09.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1491687
Matbuot sharhlari 16.09.2020

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya yangi NAVTEX e’lon qildi. Elon chogida qurollantirilgan orollarga qarshi Lozanna shartnomasiga etibor qaratildi. Turkiya yangi NAVTEX e’lon qilar chog‘ida 1923 – yilda qo‘l qo‘yilgan Lozanna shartnomasi doirasida Xios orolining noharbiy statusining buzilganini ma’lum qildi. Gretsiya, 1960 – yildan beri noharbiy statusda o‘rin olishi kerak bo‘lgan orollarni qurollantirmoqda va Turkiyaning milliy xavfsizligini tahdit ostiga qo‘ymoqda. Turkiya, Afinaga orollarning qurollantirilmasligini aytib kelayotgandi. Shuningdek, yana bitta NAVTEX e’lon qilish orqali, O‘rta yer dengizida faoliyat olib borgan “Yavuz” nomidagi burg‘ulash kemasining xizmat muddatini 12 – oktabrgacha uzatilganini e’lon qildi.  

Star gazetasi: Chavusho‘g‘lu: “Gretsiya Yevropa ittifoqining ko‘r yordamiga ishonmasin.” dedi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiyaning, Gretsiya bilan Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasi ustidan gaplashishga tayyorligini belgilab o‘tgan holda, “Umid qilamanki Gretsiya hukumati bunga ijobiy tusda javob beradi. Bu nuqtada Gretsiyaga Turkiya bilan muloqatdan qochib, Yevropa ittifoqining ko‘r yordamiga ishonmasligini tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki bu vaziyat muammolarning hal qilinishi uchun eng katta muammoni tashkil etadi. Bu borada ogohlantirmoqchiman.” degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Vatan gazetasi: Yevropa ittifoqi: “Turkiya bilan zidlashish orqali muammolarni hal qilolmaymiz.” Yevropa parlamentida Turkiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizida olib borgan burg‘ulash faoliyatlari qo‘lga olindi. Unda nutq so‘zlagan Yevropa ittifoqining Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati Oliy vakili Josep Borrel, Turkiyaning Sharqiy O’rta yer dengizida ortgan aholi soniga e’tibor qaratdi. Turkiyaning eski kuchiga takror qovushganiga e’tibor qaratgan Borrel, “Turkiya bilan zidlashish orqali muammolarni hal qilolmaymiz.” dedi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya 2021 – yili eng tez qayta tiklangan mamlakatlar qatorida orin oladi. Savdo vaziri Ruhsar Pekjan, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining global iqtisodiyot ustidagi ta’siri davom etgan bir davrda Turkiyaning, dunyoning bir necha davlatiga qaraganda ancha yaxshi vaziyatdaligini va shunday davom etishini qayd etdi. Pekjan bu haqida shuningdek, “Bu yilning oxiridan e’tiboran, ayniqsa 2021 – yili tashqi bozorimizdagi shartlar bundan ham yaxshi bo‘ladi. Shu bois ham yurtimizning eng a’lo va tez qayta tiklangan davlatlar qatorida o‘rin olishiga ishonchim komil.” dedi.

Sabah gazetasi: Turkiya, sanoat ishlab chiqarishi boyicha dunyoda ilk uchga kirdi.  Turkiya sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha bir yilda 4.4 foizlik ortish bilan Irlandiya, Norvegiya va Xitoy ortidan to‘rtinchi, oylik 8.4 foizlik ortish bilan Portugaliya va Ispaniya ortidan uchinchi qatorda o‘rin oldi. Sanoat ishlab chiqarish indeksining ko‘tarilishini ketma – ket uchinchi oyda ham davom etishi orqali pandemiyadan oldingi davrdagi saviyasidan ozgan Turkiyada, uchinchi chorakda ham katta o‘sish kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar