Matbuot sharhlari 2.07.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1447636
Matbuot sharhlari 2.07.2020

Sabah gazetasi: Ostona sammiti ortidan Turkiya, Rossiya va Eron Suriya masalasida qoshma bayonot chop etdi. Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va Eron o‘rtasida videomuloqat yo‘li orqali bo‘lib o‘tgan sammit ortidan, davlat rahbarlari tomonidan kecha qo‘shma bayonot chop etildi. Unda, Suriyaning xududiy yaxlitligi ta’kidlandi. Idlib kelishuvlarining yo‘lga qo‘yilishi va sukunatning saqlanishi qayd etildi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya, Janubiy – sharq Yevropa hamkorligi jarayoni 2020 – 2021 davriy rahbarligini qabul qilib oldi. Turkiya, Janubiy – sharq Yevropa hamkorligi jarayoni 2020 – 2021 davriy rahbarligini 1 yilligiga qabul qilib oldi. Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Yurtimiz, faoliyatlarini Janubiy – sharq Yevropa davlatlarining asosiy prinsibi bo‘lgan ‘Mintaqaviy himoya qilish’ va ‘Qamrab olishlik’ doirasida olib boradi” degan ifodalarga o‘rin berildi. 

Vatan gazetasi: Tashqi Ishlar vazirligi YIning sayohat qilish cheklovlariga e’tiroz bildirdi. Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, sayohat qilish cheklovlari haqidagi Yevropa ittifoqining tavsiya qarorida Turkiyaning o‘rin olmagani masalasida, “YIga majburiy bo‘lmagan sayohat cheklovlarining 2020 - yilning 1 - iyulidan e’tiboran bekor qilinishi tavsiya qilingan uchinchi davlatlar haqida qabul qilingan ro‘yhatga Turkiyaning kiritilmaganligi bizni hayron qoldirdi. Bu xatoning, eng qisqa vaqt ichida tuzatilishini kutamiz” dedi.

Star gazetasi: AQSh F-35 haqida bayonot berar ekan unda, “Turk firmalari bilan ish olib borishni davom etamiz” dedi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi F – 35 ning ba’zi bo‘lakchlari uchun 2022 – yilgacha turk firmalari bilan faoliyat olib borishni davom ettirishini qayd etdi.

Hürriyet gazetasi: Ukrainaliklar dam olish uchun Turkiyaga keldi. Turkiya bilan Ukraina o‘rtasida Covid – 19 ga qarshi kurash chora va tadbirlari doirasida vaqtinchalik to‘xtatilgan aviaqatnovlarning boshlashi ortidan ichida 189 sayyoh o‘rin olgan uchoq kecha Antaliya aeroportiga qondi. Pandemiya yuzasidan qattiq chora ko‘rilgan aeroportga kelgan sayyohlar, “Turkiyani judayam sog‘ingandik, salom Turkiya” deb termal kameralardan o‘tdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ostona sammiti , #Hami Aksoy , #F-35 , #ukrainaliklar

Aloqador xabarlar