Matbuot sharhlari 16.06.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1436824
Matbuot sharhlari 16.06.2020

Sabah gazetasi: Prezident Erdogan D-8 ni tashkil topishining 23 – yilligi munosabati bilan tabrikladi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an davriy rahbarligini Turkiya yuritgan Rivojlangan sakkiz davlat tashkiloti yani D–8 ni 23 – yilligi munosabati bilan tabrikladi. Erdo‘g‘an o‘z tabrigida, “D – 8 urush o‘rniga tinchlikni, to‘qnashuv o‘rniga muloqatni, ikki yuzlamachilik o‘rniga adolat va taraqqiyotni, ustunlik o‘rniga tenglik, egallab olish o‘rniga bo‘lishish, bosim va hukmronlik o‘rniga inson huquqlari, erkinlik va demokratiyaning hukmronlik qilishini o‘ziga shior qilib olgan” degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Star gazetasi: Chavusho‘g‘lu bilan Maas uchrashdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Germaniya Tashqi Ishlar vaziri Heiko Maas bilan uchrashdi. Ikkala vazir telefon orqali bo‘lgan muloqatida yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) jarayonida oddiy hayot sharoitiga o‘tish, turizm, sayohat qilish masalasidagi cheklovlarning bekor qilinishi va Germaniyaning Yevropa ittifoqi davriy rahbarligini yuritgan paytdagi Turkiya – YI munosabatlarini qo‘lga oldi.

Haber Türk gazetasi: Chavusho‘g‘lu rus vazirlarning tashriflarining keyingiga qoldirilishi haqida bayonot berdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov va Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Istanbulga bo‘lgan tashriflarining Liviyadagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvining doim saqlab qolinishi uchun bo‘lib o‘tadigan texnik uchrashuvlarning davom ettirilishi maqsadida keyingiga qoldirilganini qayd etdi. Chavusho‘g‘lu, “Ruslar bilan bo‘lgan uchrashuvlarimizda hech qanday muammo yo‘q” dedi.

Vatan gazetasi: Omer Chelik, amaliyotlar davom etadi. Iroqning shimolidagi terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan Panja – Kartal amaliyotlarida nishonga olingan 81 obyekt yo‘q qilindi. Adolat va taraqqiyot partiyasining Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, odambolasi dushmani terror tashkilotlariga qarshi kurashning, tinch aholiga ziyon yetkazmay davom ettirilishini qady etdi. Chelik, “Turkiya bir necha masalada bo‘lganidek terrorga qarshi kurashda ham dunyoga o‘rnakdir” dedi.  

Yeni Şafak gazetasi: “Bu yordamni hech qachon unutmaymiz degan” italyan vazir Turkiyaga kelyapdi. Italiya Tashqi Ishlar va Xalqaro hamkorlik vaziri Luigi Di Maio, 17 – iyun haftaning chorshanba kuni Turkiyaga tashrif buyuradi. O‘tgan oylarda Turkiya, Italiyaga yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash doirasida yordam berganida Di Maio, minnatdorchilik bildirib, “Bu yordamni hech qachon unutmaymiz” degandi.



Aloqador xabarlar